Qoriyeva Yoqutxon Karimovna Toshkent Davlat iktisodiyot universitetining «Xalqaro marketing» kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor.
U 1958 yil 25 aprelda Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. U 1976 yilda tu tumandagi 11-maktabni oltin medal bilan, 1983 yilda Toshkent Avtomobil yo‘llari institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan.
1983-1990 yillarda «O‘zavtotranstexnika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida muxandis, iqtisodchi-muhandis, yetakchi mutaxassis, yetakchi iqtisodchi lavozimlarida ishlagan. Shu yillar davomida «Avtomobil transportida bolalar bilan ro‘y bergan transport xodisalariga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tadqiq qilish» bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan.
Yoqutxon Karimovna 2000 yilda «Xalqaro yuklarni tashishning ustuvor yo‘nalishlarini tanlab olish masalalari tadqiqoti» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Shu yili Yoqutxon Karimovna Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetiga ishga taklif qilinib, «Marketing va tashqi iqtisodiy faoliyat» kafedrasida dotsent lavozimida ishlay boshlaydi.
Tinib-tinchimas, izlanuvchan olima Yoqutxon Karimovna birinchilardan bo‘lib xalqaro transport bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan bo‘lsa, yana birinchilardan bo‘lib logistika tamoyillari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi ustida tinmay izlanishlar olib bordi. Doktorlik dissertatsiyasi tadqiqotlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ndan ortiq chet el safarlarida bo‘lib tajriba orttirdi.
Qorieva Yoqutxon Karimovna 2004 yilda «O‘zbekistonnnng jaxon bozoriga chiqishi uchun xalqaro yo‘laklardan foydalanishning logistik transport muammolari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.
Dissertatsiya natijalari asosida tayyorlangan ma’ruza matnlari, namunaviy va ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, masalalar to‘plami, elektron darsliklar universitet talabalariga magistratura va bakalavriatda fan sifatida o‘qitilmoqda.
Olima shuningdek, kafedra yo‘nalishi bo‘lgan «Xalqaro marketing» bo‘yicha ma’ruzalar matni, namunaviy va ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanma xamda birinchi marta ushbu fandan o‘zbek tilida darslik yaratib, o‘quv jarayoniga tatbiq etadi.
Yoqutxon Karimovna kafedra yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 10 dan ziyod aspirant va tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda, talabalarning ilmiy ustozi, kafedra professor-o‘qituvchilari bilan do‘stona munosabatda, ammo talabchan raxbardir.
Yoqutxon Karimovna xayotda erishgan muvaffaqiyatlariga qaramasdan doimo o‘z ustida ishlashga odatlangan. Xozirgi kunda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Toshkent Davlat yuridik institutining 5-bosqichida tahsil olib, tugatish arafasida. Chet tillardan ingliz va turk tillarini yaxshi biladi, kompyuterda bemalol ishlaydi.
Yoqutxon Karimovna «O‘zbekiston-Italiya» do‘stlik jamiyati a’zosi sifatida xam faol ish olib bormoqda. Juda ko‘p oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy xamkorlik qiladi.
Qorieva Yoqutxon Karimovna oilada mehribon ona, sevimli rafiqa. Turmush o‘rtog‘i olim va iste’dodli rahbar. Ularning bir qiz va bir o‘g‘li bor. Ular oliygoh talabalari.
Yoqutxon Karimovna hayotda barcha orzularga erishgan, ota-ona duosini olgan, baxti butun, ammo hali butun kelajagim oldinda deydigan, fanda yuqori cho‘qqilarni ko‘zlagan, el-yurt dardi bilan yonadigan olimadir.