O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qosimova Guljahon

Qosimova Guljahon    Chehrasida nafosat  va qatiyat  balqib  turgan  bu ayol  tarix fanlari nomzodi, dotsent  Guljahon  Qosimovadir. U o‘zining  tashabbuskorligi , ishbilarmonligi bilan katta  etibor va hurmat  qozongan. Kamgap , lekin  g‘oyat  mulohazokor, o‘z ishining  bilimdoni  Guljahon 40 yildan buyon  pedagogika  sohasida  faoliyat  yuritayotgan bo‘lsa, shundan 27 yili rahbarlik lavozimida o‘tdi. Unga qaysi vazifa, lavozimni ishonib topshirishmasin, omilkorlik, tashkilotchilik, ishchanlik fazilatlari bilan jamoa mehriga sazovor bo‘ldi, ilmiy salohiyatini oshirishga hamisha talabchanlik bilan yondashdi.
    U Farg‘ona davlat universitetida fakultet dekani, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlash davrida professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida katta ko‘lamda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-pedagogik ishlarga bosh-qosh bo‘ldi. Olima sifatida bugun uning 48 tadan ziyod ilmiy-metodik ishlari, jumladan, bitta elektron darsligi, 12 ta ilmiy-metodik ishlanmalari chop etildi va amaliyotga tadbiq etildi.
    Guljahon Qosimova o‘zining malakasini oshirish maqsadida Avstriya, Shotlandiya va Yaponiyada bo‘lib o‘tgan qator xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etdi.
    Bugungi kunda u ingliz tili kafedrasi mudiri sifatida o‘zining rahbarlik salohiyati va ilmiy tafakkuri bilan ingliz tili o‘qitishga yangi pedtexnologiyalarni joriy etish, dars sifati va samaradorligini oshirish, bu jarayonlar ko‘lamini kengaytirish uchun darslik va ishlanmalar, lug‘atlar yaratishga jiddiy ahamiyat qaratmoqda. U Respublika Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi va Britaniya kengashi hamkorlikda o‘tkazgan seminarda bir guruh o‘qituvchilar bilan qatnashib, bugun talabalar tadqiqot guruhini tashkil etish g‘oyasi yuzasidan xalqaro loyiha ustida muvaffaqiyat bilan ishlamoqda.
    Olima tashabbusi bilan universitetda o‘tkazilgan «Ekologiya va ayol» ilmiy-amaliy anjumani 2001 yildan buyon keng miqyosdagi ilmiy harakatga aylandi. Uning rahbarligida kafedra a’zolari Malayziya, Hindistondagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etib, buning samarasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish, iste’doddi talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
    Viloyat «Olima ayollar» uyushmasi raisi Guljahon Mahmudovnaning mehnatlari «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim a’lochisi» medali, «Ma’naviyat fidoyisi» Faxriy yorlig‘i, «Sharq ayoli» xalqaro fondining diplomi bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar5



Filologiya70