Tarix fanlari nomzodi, dotsent
1950 yil 13 fevralda Farg‘on shahrida tug‘ilgan. 1967 yilda Farg‘ona shahridagi 10 - o‘rta maktabni tamomlab , shu yili Ulug‘bek nomli Farg‘ona davlat pedagogika instituti xorijiy tillar fakultetiga o‘qishga kirgan. Ushbu oliy o‘quv yurtini tamomlab, ingliz tili kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishga qoldirildi.
FDPI, keyinchalik esa Farg‘ona davlat universitetidagi mehnat faoliyati davomida 1971 - 1979 yillarda ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi, 1979 - 1984 yillarda va 1989 - 1991 yillarda fakultetlararo ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1984 -1986 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti aspiranti, 1986 - 1987 yillarda chet tillari kafedrasi mudiri, 1987 - 1989, 1991 - 1993 va 1999 - 2000 yillarda chet el filologiyasi fakulteti dekani, 1991 yilda Fargona davlat universiteta boshlangich ta’lim metodikasi fakulteti dekani o‘rinbosari, 1993-1999 yillarda ingliz tili kafedrasi dotsenti, 2000 - 2004 yillarda universitetning ma’naviy va ma’rifiy masalalar bo‘yicha 1 - prorektori lavozimlarida ishlagan. 2004 yildan buyon Far DU ingliz tili kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
1987 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2004 yilda dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.
O’z malakasini oshirish maqsadida ko‘plab xalqaro anjumanlarda qatnashgan (Avstriya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Frantsiya, Malayziya, Fillipin, Mier Arab Respublikasi, Isroil). 2013 yilda Buyuk Britaniyaning London Metropoliten universitetida malaka oshirib qaytdi.
Prezidentimizning chet tillarini o‘qitish tizimini yaxshilash to‘g‘risidagi Qarorini amalga oshirish maqsadida kafedrada Buyuk Britaniya kengashi bilan hamkorlikda tuzilgan xalqaro ta’lim standartlariga javob beradigan o‘quv dasturi asosida mutaxassislar tayyorlanmoqda va bunda kafedraning Makmillan (Buyuk Britaniya) nashriyoti tomonidan chiqarilgan yangi darsliklarga o‘tganligi ayniqsa qo‘l kelmoqda.
G.Qosimova 2000 - 2004 yillar Farg‘ona shahar Kengashiga deputat etib saylangan. Hozirda esa viloyat Olima ayollar Kengashining raisidir.
Ilm - fan, ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi qo‘shgan hissalari uchun “Uzbekistan Respublikasi oliy ta’lim a’lochisi” medali (2000 yil), “Ma’naviyat fidoyisi” faxriy yorlig‘i (2002 yil), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat jamg‘armasi diplomi (2009 yil), “Uzbekistan Respublikasi Mustaqilligining 21 yilligi” medali, Uzbekistan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorligi (2013 yil) kabi qator mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
G.Qosimova 50 ga yaqin xorij va respublika miqyosida chop etilgan ilmiy maqola va uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.