Adabiyotshunos olimlardan biri Qosimova Munira Habibovna Samarqand Davlat universitetini tugatgandan keyin, uch yil o‘rta maktabda ishladi, keyin pedagogika institutida adabiyotdan dars bera boshladi. Qosimova Munira pedagogik faoliyatini ilmiy ish bilan birga olib bordi. O‘zbek mumtoz adabiyotining iste’dod namoyondalaridan biri Muhabbat Niyoz Nishotiyning hayoti va ijodini tadqiq qila boshladi. Xorazm adabiyoti muhitining peshqadam vakillaridan biri bo‘lgan Nishotiyning hayoti, tarjimai holi haqida tarihiy va adabiy manbalarda mukammal ma’lumotlar yo‘qligi bois ilmiy tadqiqotni yaratish Munira opa uchun ancha mushkul kechdi. Shunga qaramay olima shoirning hayot yo‘lini o‘rgandi, uning yirik asarlarini "Husn va dil" dostonini taxlil etib, akademik Vohid Abdullaev rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1987-yilda shoirning boy ijodiy merosi haqida "Muhammad Niyoz Nishotiy" deb nomlangan risolasini chop ettirdi.Qosimova Munira talabchan murabbiy sifatida talabalarga O‘zbek adabiyoty tarixi, adabiyot o‘qitish metodikasi fanlaridan uzok, yillar dare berib keldi, ilmiy metodik mavzularda maqolalar e’lon qildi. Tanlagan kasbiga, birga ishlagan jamoaga e’tiqod. shogirdparga nisbatan talabchanlik Qosimova Munira muallimlik faoliyatini mazmundor bo‘lishiga olib keldi. Munira opa o‘zining ilmiy muallimlik faoliyati bilan adabiyot muhlislari va talabalar qalbini mehrga, o‘qituvchilik kasbiga sadoqatga to‘ldirgan olimalardan biridir.