47 yillik ilmiy - pedagogik stajga, katta tajribaga ega bo‘lgan Toshkent Arxitektura va qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti “Shaxar kurilishi va xo‘jaligi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Qosimova Saodat Toshxodjayevnaning ushbu oliygoxda faoliyat yuritayotganiga deyarli 25 yil bo‘ldi. Kafedra mudiri vazifasida 2001 yildan - 2012 yilgacha ishlab kelgan. Dotsent Saodat Qosimova institutdagi ish faoliyati davomida o‘zini yuqori tajribali mutaxassis sifatida ko‘rsata oldi. U yosh kadrlardan yetuk mutaxassis tayyorlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Kafedrada Saodat Qosimova rahbarligida Davlat ta’lim Standartlari va namunaviy o‘quv rejalari bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassislari uchun har 5 yilda yangidan ishlab chiqilgan.
Tajribali ustoz pedagog doimiy ravishda iqtidorli talabalarga katta e’tibor beradi. Jumladan, shogirdlaridan - Yodgorov A, Latipova R, D. va Abdukahhorov A. Beruniy nomidagi davlat stependiyasi nomzodi bo‘lgan.
Har yili aprel, may oyida TAQIda ilm - fan kunlari ilmiy - amaliy anjumanlari o‘tkazilib, kafedrada mazkur anjumanga mas’uliyat bilan yondashish natijasida talabalarning ilm - fanga bo‘lgan qiziqishi oshirib boriladi.
Kafedrada Saodat Toshxodjayevna rahbarligida bajarilgan bakalavrlarning diplom ishlari va magistrlik dissertatsiyalari haqqoniy hududlar bo‘yicha bajarilib, ular turar - joy va jamoat binolarining rekonstruktsiya va modernizatsiyasidagi dolzarb yechimlari bilan ajralib turadi hamda shahar infratizimlari, xususan ShQXning muhim yo‘nalishlari yoritiladi.
“ShQX” kafedrasida dotsent Saodat Qosimova rahbarligida xo‘jalik shartnomalari va 2003 - 2005 yillarda byudjet ishi (Otsenka prochnosti i seysmostoykosti novoy jelezobetonnoy karka - sapanelnogo tipa “Sinch” dlya individualnogo stroitelstva) bajarildi.
Byudjet asosida 2006 - 2008 yillarda “Devorlari paxsa va xom g‘ishtli xususiy binolarning zilzila - bardoshligini qamishbetonni qo‘llab oshirish” mavzusida ishtirokchi bo‘lgan.
Olima 2005 - 2008 yillarda xalqaro “INTAS” dasturida yetakchi ilmiy xodim sifatida ishtirok etgan.
2006, 2007 va 2008 yillarda Qosimova Saodat Toshxodjayevna kafedra a’zolari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida xokimlar va hokim o‘rinbosarlarini Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Urganch shaharlarida “Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, uy - joy fondidan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish tizimini isloh qilish hamda aholi farovonligini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusi bo‘yicha mintaqaviy seminarida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etib, faol qatnashdi.
Shahar qurilishi va xo‘jaligi kafedrasida 2000 - 2014 yillar davomida yetakchi qurilish tashkilotlari va ilmiy institutlar Matematika va informatika texnologiyalari instituti, Uz LITTI OAJ, ToshLITI, SamDAQI, O‘zkommuninjloyiha, Fer - PI, JizPI va qurilish kollejlari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan, hamkorlik shartnomalari tuzilgan va filiallar tashkil qilingan. Shu bilan bir katorda Kiyev Milliy qurilish arxitektura davlat Universiteti bilan ham hamkorlik shartnomasi tuzilgan, shu asosda birgalikda ish olib borilib, konferentsiyalarda ishtirok etib, maqolalar chop ettirmoqda.
Toshkent Arxitektura va qurilish institutidagi faoliyati davomida Saodat Qosimova o‘zini oliy toifali mutaxassis sifatida ko‘rsata oldi, ayni paytda “Shahar qurilishi va xo‘jaligi” mutaxassisligi bo‘yicha fanlardan ma’ruza, amaliyot darslarini o‘tmoqda, bakalavrlarning diplom - kvalifikatsion ishlariga va magistrlarning dissertatsiyalariga rahbarlik qilmoqda.
Olima tomonidan 250 dan ortiq ilmiy maqolalar, shundan 28 ta maqola va tezis xorijiy mamlakatlarda, o‘quv-uslubiy ishlar va shu jumladan 19 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta darslik chop etildi, mualliflik guvohnomasi olingan va 2 ta QMQ va 1 ShPQ tuzishda hammuallif bo‘lgan.
Dotsent Qosimova Saodat Toshxodjayevna o‘z ustida doimo ishlaydigan pedagog xodim, tashkilotchi, fidoyi, kamtarin inson jamoat ishlarida faol ishtirok etadi va ularni olib boradi. Institut professor o‘qituvchilari, xodimlari va fakultet talabalari orasida alohida hurmatga sazovor.