Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
1934 yil 28 dekbrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1952 yilda Farg‘ona shahridagi 1 - o‘rta maktabni alo baholar bilan tamomladi. 1952 yilda Farg‘ona pedagogika institutining tibbiyot fakultetiga o‘qishga qabul qilindi va 1956 yilda biologiya – ximiya mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomladi. X.Qo‘ziboeva 1957 yilda institut tavsiyasi bilan zoologiya ilmiy tekshirish institutiga aspiranturaga o‘qishga kirdi. 1960 yilda aspiranturani tamomlab, ilmiy tekshirish institutiga aspiranturaga o‘qishga kirdi. 1960 yilda aspiranturani tamomlab, ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim sifatida faoliyatini davom ettirdi. 1961 yilda Farg‘ona pedagogika institutiga ishga taklif etildi va shu yildan boshlab zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyatini boshladi. 1962 - 1968 yillarda zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1968 yildan 1997 yilga qadar kafedra dotsenti lavozimlarida samarali mehnat qildi.
X. Qo‘ziboyeva 1964 yilda “Biologiya i sistamatika kleshey roda Ornitodorus kak rasprostraniteli vozvratnogo tipa v Uzbekistane“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va unga biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi. 1972 yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.
U yoshlarga bilim va tarbiya berish bilan bir vaqtdi, ilmiy tadqiqot ishlarini ham davom ettirdi. Ilmiy izlanishlari natijalari bilan akarologiya sohasidagi respublika hamda xalqaro miqyosdagi konfrentsiyalarda muntazam ishtirok etib kelgan. Xolisaxon Qo‘ziboyevaning respublika va xorijiy nashrlarda 70 dan ortiq ilmiy hamda ilmiy - uslubiy chop etilgan.