Biologiya fanlar nomzodi
1946 yilda Rishton tumanidagi Zohidon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1953 yili 2 - sonli o‘rta maktabni bitirib, Toshkent qishloq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirgan. 1958 yili institutni tamomlab, aspiranturada o‘qishni davom ettirgan.
Ma’lumki, o‘tgan asrning 60 - 70 yillarida mamlakatimizdagi ekin maydonlarida vilt kasalligi keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa, paxta, sabzavot va poliz ekinlarigi jiddiy zarar yetkazib, hosildorlikga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi. A. Qo‘ziyev dehqonlarning bu muammosini hal qilish maqsadida “Ba’zi sabzavot ekinlarining so‘lishi (vilt) kasalligi va unga qarshi kurash choralari” mavzuida 1961 - 1964 yillarda O‘rta Osiyo ilmiy tekshirish instituti (Toshkent shahri)ning vilt bo‘limida hamda O‘zbekiston sabzavotchilik va polizchilik ilmiy - tekshirish institutida biologiya fanlari nomzodi Naima Mirpo‘latova rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi.
1965 yili ToshDU (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) ning maxsus ilmiy Kengashida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. O‘z ilmiy ishi va tajribalaridan kelib chiqib, pomidorning “Talalixin”, “Maykop” va “Volgograd” navlari vilt kasalligiga chidamliligi va serhosilligi bilan shu paytgacha ekib kelingan “Yusupov” navidan afzalligini isbotlab berdi. Shuningdek, “Zar kokil”, “Suyunchi” kabi qovun navlari viltga chidamli va shirinligini ham ta’kidlab o‘tgan. Dissertatsiya materiallari bo‘yicha bir nechta ilmiy maqolalari Moskva, Sankt - Peterburg va Toshkentda chop etilgan ilmiy nashrlarda e’lon qilingan.