Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
1960 yil 23 avgustda Rishton tumani Oq yer qishlog‘ida tavallud topgan. 1977 yilda tumandagi 8 - sonli o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan. 1981 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Ixtisosligi iqtisodchi - buxgalter.
2005 yildan buyon iqtisod fanlari nomzodi. Dissertatsiyasini 2005 yilda O‘zbekiston Bozor islohotlari ilmiy - tadqiqot instituti xuzuridagi D.020.80.01 raqamli Ixtisoslashgan ilmiy Kengashda “Turli xo‘jalik yuritish shaklidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarida ekinlarni optimal joylashtirish orqali yerdan foydalanish samaradorligini oshirish istiqbollari” mavzusida 08.00.04 – “Mikroiqtisodiyot” (ASM] ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
Q.Qunduzova o‘z mehnat faoliyatini 1981 yili Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti Farg‘ona filiali “Buxgalterlik hisobi va analizi” kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan. 1989 - 1990 yillarda Farg‘ona politexnika instituti bosh buxgalteri o‘rinbosari, 1990 - 1993 yillarda Farg‘ona viloyati iqtidorli bolalar maktab - internati bosh buxgalteri, 1994 yildan Farg‘ona politexnika instituti “Moliya va statistika” kafedrasi assistenti, 1999 - 2004 yillarda “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2004 - 2011 yillarda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2011 yildan hozirgi vaqtgacha esa kafedra dotsenti lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Q.Qunduzova o‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlash borasida qator ishlarni amalga oshirgan. Uning 80 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlari e’lon qilingan, shulardan 1 tasi o‘quv qo‘llanma, 64 tasi ilmiy va 20 dan ziyodi o‘quv - uslubiy ishlardir.