O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Quramboyev Mahkam

Quramboyev  MahkamGeografiya fanlari nomzodi, professor

      1938 yilning 14 martida Ukrainaning Xerson viloyati Kaxovka tumanida tug‘ildi. Bu ular oilasi peshonasiga yozilgan takdir xukmi ekan. 1929 Yili, qatag‘onlik davrida hamqishloqlarimiz Abdiraim aka, o‘g‘li Kuramboy aka va kelini Shukurjon opalar boy - quloq sifatida Ukrainaga surgun qilindi. O‘sha begona yurtda dunyoga kelib, ayni bolalik yillarini Ikkinchi Jahon urushining taxlikali sharoitida o‘tkazgan Mahkam bolaligidan aqlli, ziyrak bo‘lib yetishdi. 1947 yilda u onasi bilan ota - bobolari yurti Ko‘hnayormish qishlog‘iga qaytib keldi. 1952 yili qishloqdagi yetti yillik maktabni, 1955 yilda esa Hallang qishlog‘idagi 2 - o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitkazdi. 1955 - 1956 yillarda “Kommunizm” jamoa xo‘jaligi chorvachilik fermasida xisobchi bo‘lib ishladi.
    1956 yili Toshhovuz pedagogika instituti geografiya fakultetiga o‘qishga kirdi. 1959 yilda Mari, Toshhovuz pedagogika institutlari Chorjo‘yda joylashgan S.Seydi nomidagi Turkman Davlat pedagogika institutiga birlashgach, ko‘plar qatori o‘qishini o‘sha yerda davom ettirdi va uni 1960 yilda imtiyozli diplom bilan bitkazdi. 1960 - 1961 o‘quv yilida hozirgi Sa’dulla Ro‘zmatov nomli qishloqda joylashgan 32 - o‘rta maktabda geografiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. Yoshligidan ilmga, ayniqsa, tabiat, geografiya fanlariga qiziqishi kuchli bo‘lganidan o‘qituvchilik qilish bilan birga gazeta - jurnallarga shu mavzularda maqolalar yozib turdi.
    Ilmga bo‘lgan cheksiz ishtiyoq uni 1961 yilda T.G. Shevchenko nomidagi Kiev Davlat universiteti iqtisodiy geografiya kafedrasi aspiranturasiga kirib o‘qishga da’vat qildi. 1966 yilning 25 aprelida o‘sha universitetning ilmiy kengashida geografiya fanlari doktori, professor A.TDibrova ilmiy rahbarligida geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “G‘arbiy Turkmaniston. Iqtisodiy geografik xarakteristika” degan mavzuda dissertatsiya ximoya qildi.
    So‘ngra, 1964 yildan umrining oxiriga qadar Turkman Davlat pedagogika institutida ishladi. 1979 - 1980 o‘quv yilida oliygoh talabalari kasaba uyushmasi boshlig‘i, 1981 - 1997 yillarda tabiat - geografiya fakulteta dekani, 1997 - 2003 yillarda geografiya va uni o‘qitish uslubi kafedrasi mudiri lavozim larida faoliyat ko‘rsatdi.
    Geografiya, ekologiyaga bag‘ishlangan 100 dan ortiq darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va maqolalar muallifi. Jumladan, “Nazariy ekologiyadan ma’ruzalar” (professor A.Poslavskiy, dotsent N.Mixaylova bilan xdmkorlikda), “Hozirgi zamon ekologik atamalar lugati” (prof. A.Poslavskiy bilan xdmkorlikda), “Nazariy ekologiya asoslari” (prof. A.Poslavskiy, dotsent N.Mixaylova bilan xamkorlikda), “Ekologiya asoslari” (professorlar A.Poslavskiy, S.Sultonov va dotsent X.Iskandarov bilan xdmkorlikda), “Yevropa mamlakatlari” kitoblari nashr etilgan.
    Turkmaniston oliy attestatsiya komiteti qaroriga muvofiq, yaratgan ilmiy ishlarining muhimligi hisobga olinib, 1995 yil 14 martida Mahkam Quramboyevga iqdisodiy geografiyadan professor unvoni berildi. 1996 yil aprelida esa Turkmaniston Ta’lim vazirligining qaroriga binoan, unga “Turkmanistonning ustoz muallimi” faxriy unvoni berildi. Shuningdek, iqtidorli olim, tajribali pedagog yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda erishgan yutuqlari uchun Turkmaniston Ta’lim vazirligining Faxriy Yorliqlariga sazovor bo‘lgan. Keyingi yillarda u institut kafedrasi professori, faxriylar tashkiloti raisi sifatida ibratli tarbiyaviy va tashkiliy ishlarni amalga oshirib keldi.
    Mahkam Quramboyevning baxtli oilasi bor. Turmush o‘rtog‘i Sanam Tojiyeva ko‘p yillar davomida matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. Hozir nafaqada. Olti nafar farzandining barchasi oliy ma’lumotli mutaxassislardir.
    M.Quramboyev 2012 yilda vafot etdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5