O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qurbonov Ibrohimjon

Biologiya  fanlari nomzodi, dotsenti

    1932 yilda  Oltiariqning  Bug‘doychi mahallasida tug‘ilgan. 1952 yili oltiariq  tumanidagi  1- umumtalim  maktabini  tugatgan.Shu yili  Toshkent  qishloq  xo‘jalik  institutining o‘simliklarni himoya qilish  fakultetiga   xujjat topshirib , talabalar safiga  qabul qilindi.
  1957 yilda  institutni  tamomlab, Oltiariq  tumani markazidagi 1- mashina  traktor parki  tashkilotida agronom vazifasida  ish boshladi.
  1960 yilda bosh agronom  vazifasiga  ishga o‘tdi.
  I. Qurbonov 1961 yilda Sankt - Peterburg  shahrdagi  Butunittifoq  o‘simliklarni himoya  qilish ilmiy - tekshirish  institutiga aspirant bo‘lib  o‘qishga kirdi. Qishloq xo‘jalik  sohasida  bilimlarini oshirib,  ustozlaridan o‘rganib, tajribalar olib bordi. Nihoyat, 1966 yilda biologiya  fanlari   doktori, professor V.D. Kupriyanova  rahbarligida  “Chorva hayvonlari  uchun ekiladigan  ozuqabop dukkakli don  o‘simliklarining  kasalliklari va  ularga  qarshi kurashning  biologik usullari asoslari” mavzusida nomzodlik  dissertatsiyasini  muvaffaqiyatli himoya qilishga   erishdi  va biologiya fanlari  nomzodi bo‘ldi.
  I. Qurbonov 1965 - 1967 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining  O‘simliklarni biologik himoya qilish  eksperimental  ilmiy - tekshirish  institutida  avval kichik, keyinchalik  katta ilmiy  xodim vazifasida  ishladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5