Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1978 yil 16 yanvarda Andijon viloyati Paxtaobod tumani Uyg‘ur qishlog‘ida tug‘ilgan. 1994 yilda 10 - o‘rta maktabni tamomlagan. 1996 yilda Farg‘ona davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.
2003 yilda lingvistika yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani muvaffaqiyatli tugallab, o‘z faoliyatini universitet qoshidagi 11 - sonli litsey - internening ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan. Mazkur davrda u o‘zining mehnatsevarligi , jamoatchiligi, o‘quvchilarni yagona maqsadga yo‘naltira olishi bilan jamoa orasida hurmat qozongan.
B.Qurbonova o‘z ilmiy faoliyatini dovom ettirish maqsadida 2005 - 2007 yillarda o‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshidagi aspiranturada tahsil olgan. 2007 yili professor Sh.Iskandarova rahbarligida “Lokallik va uning o‘zbek tilida ifodalanishi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2007 yildan o‘z faoliyatini yana universitet qoshidagi 3 - sonli akademik litseyning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi lavozimida davom ettiridi. 2008 yilda esa Farg‘ona davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasiga o‘qituvchi vazifasiga ishga qabul qilindi. Hozirga qadar tilshunoslik kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Respublikamizning nufuzli ilmiy jurnallari va to‘plamlarida 30 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan , 1 o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan.