Biologiya fanlari doktori, professor
O‘zbekistonda suv mikrobiologiyasining asoschisi, MDQ davlatlari yirik mikrobiologik olimi, biologiya fanlari doktori, pro¬fessor Djumaniyaz Qutlievning nomi ilmiyot olami ahliga yaxshi tanish. Malakali olimning ilmiy va ijtimoiy faoliyatiga kariyib 60 yil bo‘ldi...
Djumaniyazt Qutliev 1940 yil 1 aprelda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanining G‘ozovat qishlog‘ida tug‘ildi. 1956 yili o‘rta maktabni tamomlab, O‘rta Osiyo davlat univsrsitetining Biologiya - tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi. 1961 yili oliygohni muvaffaqiyatli tugatib, o‘z mehnat faoliyatini O‘zR FA Botanika institutining Mikrobiologiya bo‘limida kichik ilmiy xodimlikdan boshladi.
Ilm yo‘lini tanlash, fan sirlarini o‘rganish uchun umrini baxshida qila olish katta matonatni, sabrni talab kiladi. Zero, dono xalqimizning “Ilm o‘rganishi bilan quduq qazish” degan kiyosi bejiz emas.
1964 - 1967 yillar I.I.Mechnikov nomidagi Odessa davlat universitetida Ukraina FAsining correspondent - a’zosi, professor V.P.Tulchinskaya rahbarligida aspiranturada tahsil oldi. U 1968 yili Toshkentda nomzodlik dissertatsiyasini himoya kildi. 1993 yili esa doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1969 - 1986 yillarda O‘zR FA Mikrobiologiya institutida katta ilmiy xodim, 1986 yil Suv va ma’danlar mikrobiologiyasi laboratoriyasini tashkil qilishda faol qatnashib, laboratoriya mudiri lavozimiga tayinlandi va hozirgi kunga qadar shu lavozimda ishlab kelmokda. Bu laboratoriyani tashkil qilishda institut direktori akademik A.G‘.Xolmurodovning hissasi kapa bo‘ldi. 2002 yil Djumaniyaz Qutliev professorlik unvonini olishga sazovor bo‘ldi. Ilmiy salohiyati bo‘lajak olim doim ilmiy faoliyatini ishlab chiqarish bilan birgalikda olib bordi. U 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5ta mualliflik guvohnomasi, Zta patent, me’yoriy texnik hujjatlar, 2ta monografiya, 2ta ko‘llapma va risolalar muallifidir. Professorning 150dan ortik maqolalari MDQ va chet el davlatlarida nashr etilgan. Olimning rahbarligida 5 nafar fan nomzodi va 1 nafar Xitoy fuqarosi professorlik guvohnomasi olgan bo‘lib, ular jahon fanining rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Professor Djumaniyaz Qutliev 2003 - 2005 yillar davomida Markaziy Osiyo bioxilma - xilligini o‘rganish va ulardan ligi farmatsevtik vositalar (mikroorganizmlardan faol moddalar ajratish) yaratish bo‘yicha Xalqaro loyiha - ICBJ da guru - xiga rahbarlik qildi (AQSh) .
U o‘zining ilmiy ma’ruzalari bilan AQSh, Chexiya, Xitoy, Lat¬viya, Litva, Ukraina, Moldaviya, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘istoi va Rossiyada o‘tgan Xalqaro ilmiy simpozium va konfsrentsiyalarda qatnashdi. Bukun professor o‘zining “O‘zbekiston sharoitida sanoat, maishiy xizmat hamda qishloq xo‘jaligidan chiqadigan okava suvlar tarkibida uchraydigan mikroorganizmlar va ularning Karta suvlarni tozalashdagi roli” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida olg‘a surgan g‘oyalarni amaliyotga tadbiq etish maqsadida bir tlshcha ishlab chiqarish korxonalari bilan (Sho‘rtaigaz, Muborakgaz, Xorazm suv oqava) hamkorlikda ish olib bormokda.
Professor Djumaniyaz Qutliev o‘z ishiga, do‘stlariga o‘ta sadqatli, fidoyi va samimiy, kamtarin inson. Uning mikrobiologiya sohasidagi ishlari talabalar, hamkasblar orasida hamisha diqqat va e’tiborda.
Djumaniyaz aka rafiqasi O‘g‘iljon Saitmuratova (biologiya (fanlari doktori, professor) farzandlari: Gulchehra Narimova (Endikrinologiya institutida bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi), Go‘zal Qutlieva ( Mikrobiologiya institutida katta ilmiy xodim, biologiya fanlari nomzodi) larni komil insonlar qilib tarbiyalashdi. Bukun ular 6 nabiraning ham kelajakda el yukini ko‘tara oladigan insonlar bo‘lishlari uchun qalb qo‘rlarini bag‘ishlashmokda.