O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Quvondiqova Dilbar

    Dilbar ham o‘z taqdirini o‘z qo‘llari bilan yaratayotgan, o‘zligini topa olgan minglab ayollarimizdan biri. Paxtachi tumanida tug‘ilib o‘sdi. Esini tanib, chanoqdan paxta terib olishni bilgan lahzalaridan boshlab dalaga chiqib ketdi. Maktabda faqat "a’lo"ga o‘qidi. O‘qishga borib, kirolmadi. Kelib yana o‘sha dalasiga yo‘l oldi. Egatlarga go‘ng sochayotgandi, brigadir kelib qoldi Ha, go‘ng sochayapsanmi? O‘qishga kirolmadingmi? Sochaver go‘ngni, o‘z ishingni qilaver Bu ta’na 17 yoshli Dilbarning, o‘n yil sinfboshi bo‘lib yurgan Dilbarning jonidan o‘tib ketdi. Qo‘lidagi paqirni uloqtirib, daladan yig‘lab chiqib ketdi. Uch kun yig‘ladi.O‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lib qaytaman qishloqqa, deb ahd qildi o‘ziga. Avvaliga ikki yil mobaynida Navoiy viloyat davlat sa-nitariya-epidemiologiya nazorati markazida tibbiy statist bo‘lib ishladi. Ish stajiga ham ega bo‘ldi. Onajonisi Toshkentga, talabalar yotoqxonasiga olib keldi. Toshkent Davlat Tibbiyot institutiga hujjat topshirib, imtihonlardan o‘tdi.O‘qishga tanlovsiz qabul qilindi. Qishlog‘iga yurib emas, uchiblar keldi. Otajon, onajon, o‘qishga  kirdim! — desa, ular isho- nishmadi. Oddiy dehqonning bolasini o‘qishga olisharmidi, deyishdi. Dilbar ma’lumotnomani ko‘rsatgach, ikkovi ham yig‘lab yuborishdi. Qizini o‘qishga kuzatayotgan Halima xola bitta shart qo‘ydi: uzoqlarga kelin bo‘lib ketmaysan, qizim. O‘zimizning qishlog‘imizga turmushga chiqasan!Dilbar oliygohda yaxshi o‘qidi. Paxtani hammadan ko‘p terdi. Sport musobaqalarida ishtirok etdi. Diplomni olib, qishlog‘iga sevinch bilan kirib keldi. Ota-onasi yana yig‘lab qarshi olishdi.Sinfdoshi Sirojiddinga turmushga chiqdi. Qaynanasi Saodat opa Niyozova qator ordenlar sohibasi, mashhur pillakor edi. Dilbar o‘zi ishlab ketgan joyda uch yil ekologik vrach bo‘lib ishladi. So‘ng Navoiy Davlat pedagogika institut «Tabiatshunoslik va tibbiy bilim asoslari» kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, hozirda kafedra mudiri bo‘lib ishlamokda.Yaxshi oilaga kelin bo‘lib tushmoq ham baxt. Dilbar qaynanasi Saodat opa haqida quvonib so‘zlaydi. Biz olti kelin edik. Oyijonim o‘zimni tutib, yaxshi oila bekasi bo‘lgunimcha ko‘p narsa o‘rgatgan! O‘sma, surma qo‘yib, chiroyli kiyinib yuringlar, derdi!Institutga ishga o‘tganimdan keyin, ilmiy ish qilishim kerak edi. Buning ustiga oyijonim. Qishlog‘imizdagi Gulchehra (Shamsuddinova, institutimizda dekan) ilmiy ish qilganda sen qilolmaysanmi? Odam par Saodatning kelini olima bo‘libdi, deyishadi, deb turib oldilar. Turmush o‘rtog‘im ikkovimiz Toshkentda ancha kun bo‘ldik. Toshkent Sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmiy- tekshirish institutida yosh olima, tibbiyot fanlari doktori Roza Komilovani uchratib, rosa suyundik. U mendan qiziqishlarimni, imkoniyatlarimni so‘radi. Sirojiddin qo‘llab turaman,dedi. Oyijonim olima bo‘lganimni ko‘rmay olamdan o‘tdilar. Meni yaxshi ko‘rardilar. Dilbar Quvondiqova 2004 yilda nomzodlik ishini yoqladi. Uning eng kichik yutug‘i ham ota-onasini, tug‘ishganlarini qattiq suyuntirardi. Diplomni olib, yana ota-onasining oldiga keldi. Onasi olima qizining diplomini ko‘zlariga surtib, tavof qildi. Dilbar Ergashevna diareya jarayonining talabalar salomat- ligiga ta’sirini chuqur o‘rgandi. 80-90 daqiqalik diareyalar o‘quvchini charchatadi. Tushgacha maktab, kechqurun dare tayyorlash, bolalar dam ololmaydi, sport bilan shug‘ullanmaydi. Shovqin va changlardan ozor chekadi. Natijada, asab va yurak- qon tomir kasalliklariga uchraydi.Me’yorga rioya qilish kerak, yosh avlodni avaylash kerak, deb hisoblaydi Dilbar.Shamsiddinova Gulchehra (Navoiy Davlat pedagogika instituta «Tabiatshunoslik» fakulteti dekani). Dilbar Quvondiqova bilimi, odob-axloqi, madaniyati bilan o‘qituvchi va talabalar hurmatiga sazovor bo‘lmoqda. Institut va kafedra ishlarida faol ishtirok etadi. Mehnat intizomiga qat’iy e’tibor bilan qaraydi, topshirilgan ishlarni o‘z vaqtida bajarishga harakat qiladi. D.Quvondiqova darslarni namunali, yuqori saviyada o‘tka- zishga, har qanday holatlarda birinchi tez tibbiy yordam berish usullarini talabalarga o‘rgatishga harakat qiladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori ilmiy metodik darajada olib boradi. U har bir darsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida va ko‘rgazmali qurollar bilan o‘tkazadi.Institutda "Ibn Sino salomatlik maskani" rahbari sifatida talabalarga tibbiyot sirlarini o‘rgatishda astoydil faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1998 yildan katta o‘qituvchi, 2005 yildan esa «Tibbiy bilim asoslari» kafedrasi mudiri, 2006 yildan institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, kafedra qoshida ochilgan "Uy hamshirasi" kursining rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatmokda.U Respublika va chet el jurnallarida, turli to‘plamlarda ilmiy maqolalar chop ettirdi. Uchta gigienik ko‘rsatma va qo‘llan- malari nashr etildi. Institut miqyosidagi o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda faol qatnashib kelmoqda.Mehnatda erishgan yutuqlari, jamoat ishlarida faol qatnashgani uchun bir necha marta institut ma’muriyati tomo    nidan va viloyat hokimligi tomonidan mukofotlar va ta- shakkurnomalar bilan taqdirlangan. Dilbar Ergashevnaning orzulari bir dunyo. Ilmiy mavzusini yana davom ettirmoqda. Qizi Surayyoxon litsey talabasi. Chet tillarni o‘rganishni sevadi. O‘g‘li Azizbek maktabda a’lochi. Turmush o‘rtog‘i Sirojiddin Do‘stmurodov tadbirkor. Dilbar sportning qo‘l to‘pi va voleybol turlari bilan shug‘ullanadi. To‘qishni, tikishni yaxshi ko‘radi, pazanda. Qizi karatega, o‘g‘li futbolga qatnashadi. Bir chiroyli yashash, ko‘pchilikning dilini ilm nuri bilan bezash shunchalik bo‘lar-da. Uni shogirdlari chin dildan hurmat qiladi.
Dilbarlar dilu jonni shundoq zabt etsalar 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar40



Filologiya20