Fizika - matematika fanlari nomzodi
1972 yil 10 noyabrda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1995 yili Samarqand davlat universitetini tugatgan. 1995 - 1996 yillarda Marg‘ilon shahridagi 10 - maktabda , 1996 - 2000 yillarda esa Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi litsey - internetda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 2000 - 2002 yillarda Farg‘ona politexnika institutining oliy matematika kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bordi. 2002 - 2004 yillari Farg‘ona davlat universiteti differentsial tenglamalar kafedrasi o‘qituvchisi , 2004 - 2005 yillarda FDU differentsial tenglamalar kafedrasining shogird - tadqiqotchisi, 2005 - 2009 yillarda shu kafedraning o‘qituvchisi , 2009 - 2010 yillarda fizika - matematika fakulteti dekani o‘rinbosari, 2010 yildan matematik analiz va differentsial tenglamalar kafedrasi mudiri lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
A.Rafiqov 2009 yil 16 dekabrda O‘zR FA Matematika va informatsion texnologiyalar instituti huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda “Turli tartibli ikkita buzilish chiziqlariga ega bo‘lgan giperbolik va aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va 2010 yil fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. A.N. Rafiqov 18 ta ilmiy maqola va tezis, 1 ta uslubiy ko‘rsatma muallifi