Rahimboeva Gulnora Sattorovna 1959 yil 4 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1976 yil o‘rta maktabni tamomlaganidan so‘ng Toshkent Meditsina institutining davolash fakultetiga o‘qishga kiradi. Talabalik davridanoq Gulnoraxon ilmiy izlanishlarga qiziqishi bilan atrofdagilardan ajralib turdi. U o‘quv yurtining deyarli barcha tadbirlarida ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan, ilmiy to‘grakda bilimlarini mustahkamlagan. 1982 yil Gulnora Toshkent Medittsina institutini muvaffaqiyatli tamomlab, 1 - Toshkent Gigiyena, sanitariya va kasb kasalliklari ilmiy - tekshirish institutiga ishga yuboriladi va bu yerda neyro fiziologik laboratoriya tashkil etadi. Oradan yillar o‘tib G.Raximboeva o‘zi ustida mukammal ishladi, Rossiyaning yetakchi o‘quv yurtlarida malakasini oshirdi, vrach - nevronatolog sifatida tanilib, nomzodlik dissertatsnyasini ham himoya kildi. 1988 yildan Toshkent Meditsina institutining asab kasalliklari kafedrasiga ishga o‘tadi va shu yerda doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
Gulnora Sattarovna himoya kilgan ilmiy ishlari fan olamida shov - shuvga sabab bo‘ldi. Shu sabab xam qahramonimizni Arnold Bekman nomidagi Yevropa mamlakatlari ilmiy konferentsiyasida ma’ruza qilish uchun Frantsiyaning Kann shahriga taklif qilinshdi. Bundan so‘ng u Amerika, Angliya, Germaniya, Gollandiya, Italiya... va yana qator mamlakatlarda ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Gulnora Sattorovna 2000 yildan II Toshkent Davlat Tibbiyot instituti Nevrologiya, tibbiy psixologiya va genetika kafedrasi mudiri, bolalar nevrologiyasi to‘lpmi rahbari. Uning 140 dan ortiq ilmiy ishlari dunyoning 15 davlati matbuotida chop etilgan. U O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saklash vazirligining ilmiy tibbiyot kengashi a’zosi, nevropotologiya bo‘yicha maxsus ilmiy kengash a’zosi, bolalar nevrologlari Assotsiatsiyasi boshlig‘ining muovini, O‘zbekiston Respublikasi nevrologlar Assotsiatsiyasining boshqaruv a’zosi. Shular barobarida Gulnora Rahimboyeva xalqaro ilmiy jamiyatlar — nevrologiya fanlari Yevropa jamiyati xalqaro neyronsixofarmokologlar jamiyati a’zosi hamdir.
Ilmiy ishlar, jamoatchilik vazifalari Gulnora Rahimboyevaga yangi - yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun kuch bersa - beradiki, aslo zeriktirmaydi. Sababi — u sevimli kasbi bilan, ko‘ngil amri va vijdon buyrug‘i bilan ishlamoqda, yashamoqda. Tinch - totuv oilasi bor, ikki farzandi ham tibbiyot sohasini tanlashgan. Gulnoraxon ularni ham buvi-bobolari, ota - onasi singari odamlar xizmatida, el ardog‘ida bo‘lishlarini istaydi.
ularni ham buvi-bobolari, ota-onasn singari odamlar xizmatida, el ardog‘ida bo‘lishlarini istaydi.