Fizika - matematika fanlari nomzodi, professor
1938 yil 2 avgustda Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ida tavallud topgan. 1956 - 1960 yillari Farg‘ona davlat pedagogika institutining fizika - matematika fakultetida tahsil oldi. Institutni imtiyozli diplom bilan tugalladi va fakultetda ishga qoldirildi. U kafedra assistenti lavozimida mehnat faoliyatini boshladi.
1962 yil kuzida ToshDUning nazriy fizika kafedrasi qoshidagi aspiranturaga kirib,1968 yil may oyida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining fizika - texnika institutida “Chuqur energetik satrlar hosil qiluvchi markazlar bo‘lgan yarim o‘tkazgichlarda tok o‘tishining bazi bir masalalariga doir tadqiqotlar “ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.1969 yili dotsent unvonini oldi.
“Klassikmehanika”,”Birjinsli bo‘lmagan chala o‘tkazgichlarda deformatsion effektlar”,”Elektromagnitizim haqida talimotning yangi sahifalari” singari darslik va monografilar ,50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. O‘rta maktablrning 9,10,11-sinflari uchun “Fizika” darsligini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ana shunday samarali ilmiy faoliyati uchun unga professor ilmiy unvoni berilgan.