O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rahimov Akmalxon Mamatxanovich

Rahimov Akmalxon Mamatxanovich   Akmalxon Mamatxanovich Rahimov 1957 yil 10 fevralda  Namangan viloyati  Uychi tumanida xizmatchi oilasida  tug‘ildi.
  1964 yili Axsi qishlog‘idagi  Muqimiy nomli 12 - o‘rta  maktabga  o‘qishga kirib, 1974 yili maktabni  oltin medal bilan  bitirdi.
  Shu yili Abu Rayxon Beruniy  nomli  Toshkent polite’xnika  institutiga  o‘qishga kirib, 1979 yili  mazkur  institutning “Sanoat va fuqoro qurilishi” 1979 — 1980 yillarda Sirdaryo viloyatidagi Guliston qurilish texnikumida mutaxassislik fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 1980 - 1984 yillarda Uychi tumanidagi Namangan politexnikumida ishlab chiqarish amaliyoti bo‘limi mudiri va mutaxassislik fani o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.
  1984 yilning aprelida Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (hozirgi NamMPI) qurilish fakultetiga qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi fanidan assistent lavozimiga ishga qabul qilindi. 1986 — 1988 yillari ToshPI aspiranturasining kunduzgi bo‘limida tahsil olgan holda Moskva shahridagi Beton va temir - beton ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasida professor B. A. Krilov rahbarligida “Quruq - issiq iqlimli hududlarda beton va temir - beton buyumlarni tayyorlashda energiya sarfini kamaytirish uslublari” mavzusida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi hamda 1990 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  Hozirda Namangan muhandislik - pedagogika instituti binolar va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasining dotsenti va shu kafedraning qurilish va kommunal xo‘jaligi kollejidagi filialida mudir vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda.
  Ilmiy va pedagogik faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari chop etilgan.
  1998 yili A. Rahimovning ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta - maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdirlangan.
  Hozirgi kunda viloyatdagi temir - beton buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda “Betonga issiqlik ishlovi berish usullarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5