O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rahimov Azimjon

Rahimov AzimjonFilologiya fanlari doktori

    1935 yilda Namangan shahrida  tug‘ilgan . Toshkent  davlat universitetining filologiya  fakultetida  o‘qigan. 1957 - 1961 illarda  viloyata shahar  yor  tashkilotlarida  ma’sul  lavozimlarda  ishlagan.
    1962 yil fevralidan umrining  oxirigacha  Farg‘ona davlat pedagogika institutш (keyinchalik universitet)da o‘qituvchilik qilgan. 1976 - 1980 yillarda kafedra mudiri, 1980 - 1983 va 1991 yillarda fakultet dekani, 1991 - 1997 yillarda o‘zbek adabiyotshunosligi  kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
    1966 - 1971 yillarda Rossiya Fanlar akademiyasi M.Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institute hamda Moskva davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan. 1973 yilda “Hozirgi o‘zbek adabiyotida milliylik va umuminsoniylik” mavzuida nomzodlik, 1994 yilda “Uzbek romanipoetikasi” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Uzbekistan Yozuvchilar uyushmasining a’zosi (1993).
    Olim ilmiy tadqiqotlarining kattagina qismi, jumladan, “Milliy adabiyotlar ravnaqi”, “Odamda olamtashvishi”, “Zamin va zamon sadolari”, “Hayot haqiqatini izlab”, “Romanning tarixi”, “Qayta qurish va bugungi adabiy tanqidchilik”, “Roman san’ati” kabi risola va monografiyalar adabiyotning milliy xususiyati hamda roman poetikasi masalalariga bag‘ishlangan.
    A.Rahimovning janr poetikasiga bag‘ishlangan tadqiqotlari ham muhim qimmatga ega bo‘lib, ular daroman bop epik rivoyaning hali yetarli o‘rganilmagan masalalari tadqiq etilgan. Romanbop syujet qurilishining tamoyillari ko‘rsatib berilib, zamonaviy adabiyot uchun xos bo‘lgan yangicha syujet tipi kashf etilgan va romanbop konfliktning mukammal tasnifi berilgan.
    Olimning o‘zbek romani poetikasiga bagishlangan doktorlik dissertatsiyasi akademiklar I.Sulton, M.Qo‘shjonov, professorlar S.Mirvaliev, A.Kattabekov, B.Sarimsoqov va boshqalar tomonidan yuqori baholangan.
    1996 yilda universitetda “Adabiyot nazariyasi” masalalariga bagishlab o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanni tashkil qilgan. Kafedra qoshida ilk aspiranturani ochishga muvaffaq bo‘lib, kafedraning bugungi salohiyatini shakllantirgan.
    1998 - 2005 yillarda Farg‘ona davlat universitet filologiya fakultetining a’lochi talabalari uchun Azimjon Rahimov nomidagi  stipendiya  tashkil etilgan.
    A.Rahimov 8 ta risola va monografiya, 200 ga yaqin adabiy – tanqidiy maqolalar hamda Uzbekistan Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan rus talida tayyorlangan “Istoriya uzbekskoy literaturi” kitobi IV – V jildlarining 70 - 80 yillar o‘zbek romani taraqqiyotiga bag‘ishlangan qismini yozgan. O‘z faoliyati davomida adabiyotning milliy xususiyati, realizm, renessans muammolari, she’r shunoslik, badiiy tarjima hamda ilmiy - fantastik adabiyo tmasalalari bilan shug‘ullangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80