Filologiya fanlari nomzodi
1973 yil 20 oktyabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1990 yilda Farg‘ona shahar 10 - o‘rta maktabni, 1995 yilda Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakultetini bitirgan. 1995 yildan boshlab o‘zbek adabiyotshunosligi, boshlang‘ich ta’lim metodikasi, adabiyotshunoslik kafedralarida o‘qituvchi, shogird - tadqiqotchi, katta o‘qituvchi, dotsent o‘zbek filologiyasi fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, universitet ilmiy kengashi kotibi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, 2005 - 2009 yillarda universitet qoshidagi 11 – litsey - itrt kinchal 3 - akademik litseyda o‘qituvchi, kafedra mudiri , direktor 2009 - 20011 yillarda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi lavozimlarida ishlagan.
2014 yil avgust oyidan filologiya fakulteti dekani.
2000 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor U.Normatov rahbarligida “Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romani poetikasi” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istedod” jamg‘armasi granti sovrindori, 2011 yilda “O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil” monografiya, 4 ta qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy, uslubiy, ommabop maqola va tezislar muallifi.