Muattarxon ingliz tilini yaxshi biladi. U Byuk Britaniyaning Reding universitetida malaka oshirdi. Polsha, Koreya, Frantsiya kabi davlatlarning olimlari bilan tajriba almashib, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. U hamisha o‘z ustida tinim bilmay ishlaydigan olima ayollardan. Ko‘plab o‘quv qo‘llanmalari, maqola va tezislar, “Xalqaro ommaviy huquq”, “Xalqaro ommaviy huquq”, “Xalqaro iqtisodiy huquq” darsliklari muallifi. Akademiya qoshida turli tadbirlar, seminar va treninglar uyushtiradi. U o‘ziga va kafedraning boshqa azolariga ham shunday talabchan. Hamisha ishni o‘z vaqtida, sifatli, va chiroyli qilib bajarishni istaydi. O‘zi boshchilik qilayotgan Xalqaro huqu kafedrasining barcha azolarini yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga jalb etadi.
Muattar Rahimova qay sohada bo‘lmasin yangilikka intiladi, chiroyli narsalarni yaxshi ko‘radi va ularni o‘z qo‘li bilan yaratishni istaydi. U quvnoq davralarni, anjumanlarni osonlik bilan, juda chiroyli qilib uyushtira oladi. Muhimi, uni qiziqarli va esda qolarli bo‘lishiga erishadi. Muattar Rahimova rostgo‘ylikni, samimiylikni, intizomni va sadoqatni juda qadrlaydi. O‘zi ham ana shunday xislatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi. Loqaydlik , beparvolik kabi illatlarni qoralaydi.