O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rahimova Nigina Xayrullayevna

    O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy fikr’ jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining taxlil va tadqiqotlar bo‘lim boshlig‘i, iqtisod fanlari doktori Rahimova Nigina Xayrullayevna o‘z ilmiy faoliyati davrida, ayniqsa, ayollar masalalariga ko‘p e’tibor bergan olimalardan. Jumladan, ayollar bandligi, ayollar mehnatining raqobatbardoshligi va ayollarning mehnat bozoridagi iqtisodiy faolligini o‘rganish bo‘yicha tadqikotlar olib borgan.
    Nigina Rahimova 2006 yilda Davlat byudjeti doirasidagi “O‘zbekiston Respublikasida ayollar mehnati raqobatbardoshligini oshirishning tender jihatlari” GNTP - 1 loyihasining rahbari sifatida tadqiqotni amalga oshiradi.
    Nigina Rahimova 2007 yilda “O‘zbekiston mehnat bozorida ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Tadqiqotning asosiy natijalari va xulosalari monografiya va risolalarda, xalqaro nashrlarda va respublika davriy matbuotida, ilmiy ishlar to‘plamlarida, konferentsiyalarning materiallarida bayon etilib, jami uning qalamiga mansub 85 dan ortiq ilmiy ishlar nashrdan chiqdi.
    Iqtisod fanlari doktori Rahimova Nigina Xayrullayevna ishlab chiqqan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xotin- qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Apparati va Vazirlar Mahkamasi uchun axborot -  tahliliy materiallarni tayyorlashda “Ijtimoiy fikr” Markazi tomonidan foydalanilgan.
    Olima Rahimova Nigina Xayrullayevnaning ilmiy faoliyati negizida O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy va demokratik islohotlarning ustuvor vazifalari qatoriga kiritilgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash masalalari yotadi. Insoniy kapitalni rivojlantirish va undan foydalanish doirasida yoshlarni ma’nan yetuk va jismonan barkamol etib voyaga yetkazish kabi dolzarb masalalar chuqur o‘rganiladi va tahlil etiladi. Shu bilan bir qatorda reproduktiv salomatlik va oiladagi munosabatlar, ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish masalalari ko‘tariladi. Bularning barchasi turli nashrlar, konferentsiya va ilmiy seminarlardagi ma’ruzalar hamda taqdimotlar ko‘rinishida namoyon bo‘lmoqda. Bundan tashqari Nigina Xayrullayevna ilm - fanning turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yetakchi olima - ayollarni birlashtiruvchi  O‘zbekiston olima - ayollarining “Olima” uyushmasi a’zosi. Shuningdek, ilm - fan sohasi va eng ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashishni yanada chuqurlashtirish maqsadida turli yo‘nalishlarda ishlaydigan olimlarni birlashtiruvchi O‘zbekiston Respublikasining MOST YuNYeSKO dasturining a’zosi sifatida faoliyat ham olib boradi.
    2013 yildan Nigina Rahimova “Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazida tahlil  bo‘limi rahbari lavozimida ilmiy va amaliy faoliyat yurigib, respublika ijtimoiy – Iqtisodiy rivojlanishini  turli yo‘nalishlari bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar va jamoatchilik fikrini taxlil qilish bilan shug‘ullanmoqda. Ilmiy ishlarda ilgari surilgan aksariyat g‘oya va tavsiyalar Nigina Xayrullayevna Rahimova ishtirok etgan xalqaro va respublika miqyosida  o‘tkazilgan konferentsiya va anjumanlarga tayyorlangan bir qator takdimot va ma’ruzalarda o‘z aksini topgan.
    Nigina Rahimova 85 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, ularning aksariyati Moskva, Baku, Perm Tyumen, Ijevsk, Germaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan. Shuningdek, olima Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti qoshidagi fan doktorlik ilmiy darajasini belgilovchi Ilmiy kengash a’zosi hamdir. Bundan tashqari, Nigina Xayrullayevna ilmiy - pedagogik faoliyatini Iqtisodiyot universitetining “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya” kafe drasida iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida ta’lim  oluvchi talabalar uchun “Mehnat iqtisodiyoti. Inson rivojlanishi” asosiy kursni olib borish bilan chambarchas bog‘liq holda amalga oshiradi.
    Ilmiy - pedagogik faoliyat doirasida Nigina Rahimova o‘quv - uslubiy majmualarini ishlab chiqip va samarali tashkillashtirishda (o‘quv qo‘llanmalari multimedia loyihalari, elektron darsliklar va b.) bakalavr va magistrlar, malakali mutaxassislarni hamda ilmiy smena — bo‘lajak fan doktorlarini tay yorlashda ishtirok etadi.
    Nigina Rahimova oilali, ikki nafar farzandi - o‘g‘il va qizi bor.
    O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil  bo‘ldi. Shu yillar mobaynida ko‘pgina sohalar  kabi ilm-fan olamida ham ko‘p yangiliklar, yuksalishlar  bo‘ldi. Ana shu mustaqil yurt ravnaqi ilm - fan rivojiga hissa qo‘shayotgan zabardast olimalar safida Nigina Rahimova singari iqtidorli yoshlarning ko‘payib borayotgani quvonarlidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5