Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
1935 yil 15 mayda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1952 yilda Farg‘ona shahridagi 1 - o‘rta maktabni alo baholar bilan tamomladi. 1952 yilda Farg‘ona pedagogika institutining tibbiyot fakultetiga o‘qishga qabil qilindi va 1956 yilda biologiya-ximiya mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomladi. E. Rahmanova 1957 yilda institut tavsiyasi bilan zoologiya ilmiy tekshirish institutiga aspiranturaga o‘qishga kirdi va 1960 yilda aspiranturani tamomladi. 1960 yilda Farg‘ona pedagogika institutiga ishga taklif etiladi va shu yildan boshlab zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyatini boshladi. 1964 yilda “Grushevaya medyanitsa - kak vreditel grushevix nasajdeniy Ferganskoy dolini” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaыiyatli himoya qildi va unga biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi. 1961 - 1978 yillarda zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1978 yildan 1997 yilga qadar kafedra dotsenti lavozimlarida samarali mehnat qilgan.
E.Rahmanova yoshlarga bilim va tarbiya berish bilan bir vaqtda , ilmiy izlanishlari natijalari bilan respublika hamda xalqaro miqyosdagi konfrentsiyalarda muntazam ishtirok etib kelgan. Qator uslubiy qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar muallifi.