Ko‘xna Xorazm vohasi azal - azaldan o‘zining boy merosi, tarixi , fani, madaniyati va sanoati bilan dunyoga mashxur bo‘lib kelgan.Bugungi kunda mustaqilligimiz sharofati bilan Muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosati tufayli Xorazm viloyatida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, u yanada gullab - yashnamoqda.
Shu bilan barobarida, fan, madaniyat, sanoat, tibbiyot sohalarida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘lib, vohamiz jahonga yuz tutmoqda. Vohamizda amalga oshirilayotgan bunday katta yutuqlarda ko‘plab fidoyi kishilar qatorida jonkuyar shifokor olima Sanobar Rahmonovaning ham mehnat qilayotganligini aytib o‘tish joizdir.
Viloyatimiz, tibbiyotining rivojlanishi va taraqqiy etishida, shuningdek, malakali yosh tibbiy xodimlarni yetkazib berishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan Rahmonova Sanobar Sobirovna 1966 yilda Hazorasp tumanida dunyoga kelgan. “Ming otliqlar” diyorida voyaga yetib, yoshligidan tibbiyotga mehr qo‘ygan yosh qiz 1983 yilda o‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlab, shu yili Toshkent davlat tibbiyot oliygohining 2 - davolash fakultetida tahsil ola boshladi. Yosh iqtidorli talaba bu yerda tajribali shifokorlar va professorlardan har tomonlama chuqur va puxta ta’lim olib, uni muvaffaqiyatli tamomlagach, 1990 yildan boshlab Urganch shahridagi 1- son viloyat klinik shifoxonasida internaturani o‘tadi. 1991 yilda ish faoliyatini Urganch tibbiyot bilim yurtida boshlagan yosh shifokor bu yerda 2000 yilgacha “terapiya fani” tsikl boshlig‘i, kasaba uyushmasi Kengashi raisi vazifalarida samarali mehnat qilib, o‘zining fidoyi mehnatlari tufayli jamoada hurmat - e’tibor qozondi 2000 yili jonkuyar shifokorni viloyat Silga qarshi davolash bolalar sanatoriysiga vrach - ftizatr qilib ishga qabul qilishdi. U bu yerda o‘zining bor bilimi va iqtidorini o‘z kasbiga baxshida etib, fidokorona mexdat qilib, el - yurt nazariga tushdi. Natijada bu iqtidorli shifokorni 2004 yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali umumiy gigiena kafedrasiga ishga qabul qilishdi. 2005 - 2007 yillarda u TTA Urganch filiali patologik fiziologiya va patologik anatomiya, sud tibbiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. 2007 - 2008 yillarda filialning patologik. fiziologiya va patologik anatomiya, sud tibbiyoti kafedrasi dotsenti, 2007 - 2010 yillarda filialning bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya va hamshiralik ishi kafedrasi dotsenti, 2007 yildan boshlab to hozirgi kunga qadar filialning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat yuritib, o‘zini barcha jabhada faol va yetakchi ayol ekanligini namoyish etib kelmoqda.
Endilikda jonkuyar olima doktorlik ishining yakuniy bosqich ishlarini amalga oshirmoqda. Vaholonki, hozirga qadar 40 dan ortiq ilmiy va o‘quv uslubiy qo‘llanmalari va shu bilan birga, Respublikamizning taniqli olimlari bilan birgalikda chiqargan “Meditsinskaya immunologiya, virusologiya i mikrobiologiya” o‘quv adabiyoti ham tibbiyot faniga qo‘shayotgan qatta hissasini aytadigan bo‘lsaq, uning nechog‘lik fidoyi olima ayol ekanligi o‘z - o‘zidan ayon bo‘ladi.
Bu yil olima ayol uchun juda omadli yil bo‘ldi. Chunki u sog‘liqni saqlash yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlari uchun Davlatimiz rahbari Muhtaram Prezidentimiz Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” ko‘krak nishoni bilan, Tibbiyot xodimlari bayrami arafasida esa “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan takdirlandi. Biz bu jonkuyar olima, bir nafar farzandning mehribon onajon kuyunchak shifokor va muallima, tashkilotchi va jamoatchi rahbar ayolimizni ushbu yuksak mukofotlari bilan qalbimizdan muborakbod etamiz. Istagimiz u doimo insonlar sog‘lig‘i uchun astoydil xizmat ko‘rsatib, el - yurt tahsini va olqishiga sazovor bo‘laversin! Yuksak nishoningiz qutlug‘ bo‘lsin hurmatli, Sanobar Sobirovna!