Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti “Fizika” kafedrasi dotsenti, fizika - matematika fanlari nomzodi Rahmatullayeva Moxiraxon Fayzullayevnaning ushbu ilm dargohida faoliyat ko‘rsatayotganiga 35 yil bo‘ldi. 1991 yilda Mohiraxon Fayzullayevna nomzodlik dissertatsiyasini yoqlayotan paytda oilali, 4 farzandning onasi edi. Shuning o‘ziyoq uning irodasi, ilmga muhabbati, sabru bardoshidan nishona bo‘lsa kerak.
Dotsent Mohiraxon Rahmatullayeva ko‘p yillardan buyon universitetning jamoa ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Universitet ma’naviy - ma’rifiy ishlar kengashining a’zosi. Shuningdek, 2005 yilda universitetning 50 yilligiga bag‘ishlab “Ustoz va murabbiy ayollar” nomli risola kitobchasini yozdi. Bu risolada ko‘p yillar davomida universitetda faoliyat ko‘rsatgan, tajribali pedagog ayollar va olimalar haqida ma’lumot berilgan.
Dotsent Mohiraxon Fayzullayevna pedagogik faoliyati davomida talabalar uchun fizikadan ishchi dastur, laboratoriya va mashq darslaridan uslubiy ko‘llanmallar hamda ilmiy maqolalardan 70 ga yaqinini chop ettirgan. Uning ilmiy maqolalari ko‘shni respublika ilmiy texnik jurnalarida hamda chet el ilmiy anjumanlar to‘plamlarida chop etilgan. Ayniqsa, fizika fanidan ma’ruza matnlarini distantsion o‘qitish uchun bir pechta ma’ruzalar matnini animatsion tarzda tayyorladi. Masofadan turib talabalarga bilim berish maqsadida mexanika va elektromagnetizm bo‘limlaridan bir nechta ma’ruzalarni internet saytlariga tayyorlab berdi.
Mohiraxon Rahmatullayeva hozirgi kunda Gidrogeologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriya xodimlari bilan xalqimizga ichimlik suvi yetkazib berishda yer osti suvining tozaligini tekshirishda elektr va magnit maydonlar yordamida tahlil qilish, tuproq tarkibida neft mahsulotini aniqlashda hamkorliq shartnomasi bo‘yicha ilmiy ishda qatnashadi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro Fizikasi institutida gamma nurlarining turli moddalarga ta’sirini o‘rganishda hamkorliq shartnomasida ham ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etadi. Fizika kafedrasida professor E.Z.Imamov boshchiligidagi nanotexnologiya bo‘yicha hamkorlik shartnomasida qatnashadi.
Mohiraxon Rahmatullayeva o‘z kasbiy mahoratini oshirish ustida hech tinib - tinchimaydi, Milliy universitet qoshidagi Oliy Pedagogika institutida bir necha marotaba tajribasini oshirdi, lotin tilida fizikadan, mexanika bo‘limi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha masalalar to‘plami, tebranish va to‘lqinlardan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanma chop ettirdi. 2012 yilda Mohira Rahmatullaeva Yevropa davlatlari ta’lim tizimini o‘rganish maqsadida Chexiyaning Praga shahrida bo‘lib o‘tgan ilmiy o‘quv seminarida o‘z tajribasini oshirdi, hamda sertifikat oldi.
Rahmatullayeva Mohira Fayzullayevnaning samarali mehnatlari munosib baholanib, bir necha marta qimmatli sovg‘alar, tashakkurnomalar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. 2014 yili esa O‘zbekisgon Respublikasi xotin - qizlar kengashi tomonidan unga “Eng sarishta oila bekasi” nomli faxriy yorliq topshirildi.
Hozirgi qunda Mohiraxon Fayzullayevna universitet Xotin - qizlar kengashining a’zosi, fizika kafedrasi ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha kafedra mudiri muovini, qafedradagi murabbiylarga bosh murabbiy sifatida mehnat faoliyatini davom etgirib kelmoqda. U kafedradagi, uni- versitetdagi hamkasblari va xodimlar, talabalar ishonchini qozongan, katta obro‘- e’tiborga sazovor bo‘lgan murabbiydir.
O‘zidan kichik bo‘lgan yosh pedagoglarga va talabalarga ustoz sifatida har doim kerakli maslahatlarini va yordamini ayamaydi.
Mohiraxon Rahmatullayeva oilali, 4 farzandning onasi 9 nabiraning sevimli buvijonisi. Yosh avlod - farzandlar,nabiralar ham ilmni qadrlagan, uning etagidan mahkam tutgan iqtidorli, zukko davomchilar bo‘lib voyaga yetmoqdalar. Hatto farzandlari - Durdona va Habibullolar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borishmoqda, katta o‘g‘il Ravshanjon ikkita universitetni tugatgan, hozirda tadbirkor, Dilnoza pedagog, “Xalq ta’limi a’lochisi”.
Mohiraxon Rahmatullayeva turmush o‘rtog‘i, olim inson Hikmatilla Nosirovich bilan birga farzandlar kamolidan, ularning yutuqlaridan hamisha faxrdalar.