O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rahmonova Go‘zal Hikmatovna

Rahmonova Go‘zal Toshkent Davlat Texnika universiteti Elektronika va avtomatika fakultetining "Boshqarishda axborot texnologiyalari" kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Rahmonova Go‘zal Hikmatovna tajribali pedagog, yetuk olima bo‘lish bilan birga jamoat ishlarida ham faol. U TDTU "Olima ayollar" kengashi raisi, Respublika "Olima ayollar" uyushmasi a’zosi. Har bir ishga mas’uliyat bilan qaraydi, hamma narsaga ulgurishga, uddalashga harakat qiladi. Zimmasidagi vazifalar zalvori esa ancha katta. Universitetdagi pedagog, olima, ustoz, xotin-qizlar faoli sifatidagi faoliyagi bo‘lsa, uyda xonadon bekasi, ona, buvijon maqomlari. Bu shirin tashvishlar ayol qalbiga mas’uliyat bilan birga ajib faxr tuyg‘usini ham baxsh etadi. Bu barchaga kerak bo‘lishligini his etgandagi baxt, ishdagi yutuqlari, salohiyatli shogirdlari, komil farzandlaridan faxr tuyg‘usi...
    Go‘zal Rahmonova 1968 yilda Toshkent Politexnika instituti (Hozirgi TDTU)ning Injener fizika fakultetini "Avtomatika va telemexanika" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini "Energetika va avtomatika" institutida ilmiy xodim lavozimidan boshlagan (EAI O‘zFanlari Akademiyasi). 1973 yilda ToshPIning Injener-fizika fakultetining "Robotatexnik va informatsion sistemalar" kafedrasiga stajyor, keyinchalik aspirant va assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat yuritdi.
    1986-1992 yillarda ToshPI (Hozirgi TDTU)ning "Avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari" fakultetining dekan muovini lavozimida ishladi. Keyinchalik "Robotatexnik va informatsion sistemalar" kafedra mudiri lavozimida ishladi.
    Dotsent Rahmanova Go‘zal Hikmatovna 100 dan ziyod ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar mual- lifi. Jumladan, o‘kuv qo‘llanmalar, uslubiy ishlar, patent, jurnal maqolalari, Robotlarning informatsion tizimlari, mexatronika asoslari,robotlarni texnik ko‘rish tizimlari, robotlarni intellektual boshqarish, mexatron tizimlar nazariyasi fanlardan ma’ruzalar to‘plami chop etilgan, turli respublika va xalqaro anjumanlarda ma’ruzalari bilan ishtirok eggan. O‘zbek va rus tillarida mukammal, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarga bilim bermoqda.Dotsent Go‘zal Rahmonova ko‘p yillardan buyon bakalavrlarning bitiruv ishlariga, magistrlarning dissertatsiyalariga ilmiy kotiba sifatida rahbarlik qilib kelmoqda. U o‘z faoliyati davomida talabalarga ham ustoz, bilimdon pedagog, hamkasblariga mehribon va jonkuyar olima sifatida hurmat-e’tibor topgan.Go‘zal Hikmatovna 2012 yilda boshlab hozirgi vaqtgacha "Boshqarishda axborot texnologiyalari" kafedrasida dotsent lavozimi- da faoliyat yuritmoqda.
    Toshkent Davlat Texnika universitetining jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Ko‘p yillar universitetning Xotin-qizlar kengashi raisi, kasaba uyushma a’zosi bo‘lgan olima hozirgi paytda universitetning "Olima ayollar" kengashi raisi.
    Go‘zal Rahmonova oilali, uch farzandning onasi, qator nabiralarning sevimli buvijonisi. Bu xonadonda ilmga muhabbat, mehru oqibat, kamtarinlik, atrofga bo‘lgan e’tibor oilaviy an’anaga aylanib qolgan. Farzandlar ham kattalar izidan borib, jamiyatda o‘z o‘rniga ega, yetuk, komil inson, el-yurtga nafi tegadigan ilmli mutaxassis bo‘lib ota-ona yuzini yorug‘ qilmoqdalar. Zero, umr mazmuni, hayot davomchilari bo‘lgan zurriyodlarimiz bizdan ibrat oladilar, ezgu ishlarimizni davom ettiradilar...
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar70



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar10



Filologiya10