Yaqin o‘tmishda ayollar orasida shavqatli xukmdorlar, oqila maslaxatgo‘ylar, yetuk donishmandlar, zabardast olimalar, suhandon shoiralar va zukko saatshunoslar yetishib chiqqan.
Birgina Temur va temuriylar sulolasi davrini olib ko‘radigan bo‘lsak, Temurning rafiqasi Saroymulkxonim, Shohrux Mirzoning rafiqasi Gavharshodbegim, Umar Shayx Mirzoning qizi - Xonzodabegim, Zahiriddin Muhammad Boburning qizi Gulbadanbegim, Shohjahonning sevikli xotini - Mumtoz Maxal (Arjumand Bonu), Avrangzeb Olamgirning qizi - Zebunisobegim singari yana ko‘plab malikalar o‘zlarining fozilaligi, aqlu zakovati ila Temu-riylar saltanatining nufuzini yanada mustahkamlashgan. Hadisi sharifda: “Ilm olish har bir muslim va muslima uchuy farzdir”, - deyilgan. O‘zbek xotin - qizlari orasidan ham ko‘plab olimalar yetishib chiqqan. Xorazmlik birinchi olima Munavvara Solayeva, tarix fanlari nomzodi Fazilat Ibrohimova, birinchi biomexanik olima Ro‘zigul Rajabovalarning nomini ham fidoyi olimalar katorida tilga olish joizdir.
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent marhum Yangiboy Rajabovning qizi Ro‘zigul Rajabova 1947 yilning 12 avgustida Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi “Oq oltin” jamoa xo‘jaligida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Pedagoglar sulolasining munosib vakilasi R. Yangiboyevna padari buzrukvori Yangiboy Rajabov izidan borib, uning bir umr farzandlarining ilm cho‘qqisi sari intilib yashash orzularini ro‘yobga chiqardi.
Darvoqe, oilada onasi To‘xtajon ayaning eng suyangan tog‘i bo‘lgan Ro‘zigul 1965 yilda maktabni oltin medal bilan tamomlagach, shu yili Samarkand davlat universitetining mexanika - matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. Dorilfununni 1970 yilda imtiyozli diplom bilan bitkazgach, yo‘llanma bilan Xorazm davlat pedagogika oliygohida o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi. Keyinchalik u 1974—1976 yillarda Toshkent shaxridagi mexanika va inshootlarni seysmik mustahkamlash institutida stajirovka o‘tkazdi va ushbu institutda 4 yil davomida aspiranturada tahsil oldi. 1984 yilda R. Rajabova suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi ilmiy kengashida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, fizika - matematika fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga ega bo‘lib, shu davrda Xorazm ayollari ichida birinchilardan bo‘lib fizika - matematika fanlari nomzodi degan yuksak nomga musharraf bo‘ldi.
Ilmiy - pedagogik ishlarini jamoat ishlari bilan qo‘shib olib borgan jonkuyar olima Ro‘zigul Rajabova o‘zining oliygoxda o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, dotsent vazifalarida ishlagan davrida yuzlab shogirdlar, magistr, bakalavrlar tayyorlab chiqardi, dotsent ilmiy darajasiga erishib, el - yurtga qilgan samarali xizmatlari evaziga viloyat hokimligi va Ur DU ma’muriyatining qator “Faxriy yorliq” lari va tashakkurnomalariga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, olima ish davomida il¬miy maqolalar va qo‘llanmalarni ham tayyorlab, o‘zining haqiqiy ijodkor olima ekanligini amalda isbotlab bera oldi.
Ro‘zigul Rajabova nafaqaga chiqqach, Urganch shahar hokimligining tavsiyasiga asosan 2007 - 2008 yillarda Ur¬ganch shahridagi 3 - son "Ma’rifat mahallasi maslahatchisi lavozimida mehnat qila boshladi. U bu yerda mehnat qilish jarayonida mahalladagi har bir oilani alohida o‘rganib, notinch oilalar, boquvchisini yo‘qotganlar, yakka - yolg‘izlar holidan habar olib, ularga moddiy yordam uyushtirishda fidoyilik ko‘rsatdi. Shuningdek, u notinch va yosh oila¬lar o‘rtasida qo‘ydi - chiqdilarni bartaraf etishda ham jon kuydirib, ularning oilasini mustahkamlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Endilikda opa turmush o‘rtog‘i Qurolboy Navro‘zov bilan birgalikda “Yurak biomexanikasi va uning tatbiqlari" bo‘yicha Davlat granti asosida il¬miy ish olib bormoqda. Shunisi xususiyatliki, ayni paytda er - xotin olib borayotgan ushbu ilmiy ish o‘z samarasini berib, uning bemorlarni davolashda shifokorga biomexa¬nika bo‘yicha berib kelayotgan tavsiyalari ijobiy bahosini topmoqda.
Bugun Ro‘zigul Rajabovani o‘zi istiqomat qilayotgan 7 - son mahalladagi aholi ham nihoyatda hurmatlab e’zozlashadi, ularning ahil va inoq oilasiga havas qilishadi. Ne¬gaki, 40 yildan ortiq davr mobaynida Qurolboy Navro‘zov bilan baxtiyor yashab, ko‘plarga ibrat va namuna bo‘lib ke¬layotgan opa hayoti har tomonlama maqtovga sazovor desak arziydi. Pirovardida, uning turmush o‘rtogi Qurolboy Navro‘zov ko‘p yillar UrDU da o‘qituvchi bo‘lib yoshlarga chuqur va puxta ta’lim - tarbiya berish bilan birga, Ur DU ni boshqarib, rektorlik, prorektorlik vazifasini samara¬li uddalab, fizika - matematika fanlari doktori, profes¬sor ilmiy darajalariga erishgan hurmatli inson-fidoyi ustozlardan biridir. Ayni paytda Q.Navro‘zov Ur DUda pedagoglik faoliyatini davom ettirib, yoshlarga ilm - fan sirlarini chuqur va puxta o‘rgatib kelmoqda.
Hayotida o‘ziga munosib juftini topib, o‘z o‘tgan umridan mamnun va shod yashab, 2 nafar farzandlarining kelajagi uchun jon kuydirgan onaxonning katta o‘g‘li Anvarbek ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat “Agrobank” viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Kichik o‘g‘li Olimjon gazeta tahririyatida bosh hisobchi bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. Nevarasi Mehribonxon UrDU talabasi.
Ha, hozirgi o‘zbek ayoli, ojiza emas, balki barchata ko‘makdosh, himmat va e’tibori, mehr - saxovati, tejamkorligi va tadbirkorligi, dono va bilimdonligi bilan dunyoni lol koldirayotgan yetuk intellektual, salohiyatli, dunyoviy bilimlardan xabardor shaxsdir. Ana shu ayollarimizning ilg‘or vakilasi fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent Ro‘zigul Rajabovadir.
Muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, zamondoshimiz, biomexanik olima Ro‘zigul Yangiboevna oddiy o‘zbek ayolining orasida ilg‘or vakila sifatida ularga o‘rnak-namuna bo‘lib kelayotgan o‘z davrining hakiqiy kuyunchak va jonkuyar ayolidir. Biz bu ayolimiz tasavvurida xorazmlik ayollarning ilmga, ziyoga tashna va oshno ekanligiga to‘la ishonch hosil qildik.