O‘zbekiston Milliy universiteti Polimerlarlar kimyosi va fizikasi ilmiy - tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Usmanova Manzura Mahmudovna - nanotexnologiya usullarini qo‘llagan holda kompozitsion polimer materiallar olish sohasida mutaxassis.
Rashidova Sayyora Sharapovna rahbarligi ostida “Akrilonitril bilan a va v to‘yinmagan kislotalari propargil efirlarining polimerlanishi va sopolimerlanishini tadqik kilish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini O‘zR FA Kimyo instituti qoshidagi Ixtisoslashgan kengashda 1976 yilda himoya qilgan.
Ilmiy tadqiqotlar natijalari 150 dan ortiq ilmiy ishlarda chop etilgan, ulardan 20 ga yaqini xalqaro jurnallarda nashr qilingan. Oxirgi 3 yil ichidagi chop etilgan ishlari 30 dan ortiq, ulardan 7 tasi jurnallardagi maqolalar, 19 tezislar, 4 ta ixtiro va patentlar muallifi. O‘ning rahbarligi ostida 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
Olimaning ilmiy yo‘nalishi poliamid - 6 ning to‘ldirilgan kompozitsiyalarining noorganik dispers materiallar yuzasida katalizlanadigan kaprolaktamning polimerlanish jarayonida shakllanishining muhim xususiyatlarini tadqiq qilish, nanogexnologiya yondashuvlarini qo‘llagan holda poliamid - 6, polietilen (ShGKMda ishlab chiqarilgap, Qarshi sh.) hamda montmorillonit asosida polimer - polimer aralashmalar va nanokompozitlarni yaratish ustidagi uyg‘un tadqiqotlar bilan bog‘liq.
Berilgan xossali materiallarni yaratish ustida olib boriladigan tadqiqotlar natijasida katalizator yuzasining faol markazlari turi va tabiatining kaprolaktam polimerlanish jarayoniga aniqlovchi ta’siri haqidagi printsip taklif qilindi, poliamid - 6 ni to‘ldirish polimerizatsion variantining maxsus xossalar, xususan kamaytirilgan yonuvchanlik va tutun hosil qilish xossalari namoyon bo‘lishidagi afzalligi ko‘rsatildi. PA - 6, polietilen, polipropilen asosidagi polimer - polimer aralashmalar va nanokom - pozitlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan kompleks tadqiqotlar natijasida PA - 6, PE va PP asosida berilgan fizik - kimyoviy va ekspluatatsion tavsiflarga ega bo‘lgan kompozitlarning optimal molekulyar tuzilmasini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatildi.
Manzura Mahmudovna 2000 - 2003 yillarda Yevropa ilmiy kengashining “Yevro – Kopernikus – 2” Xalqaro byudjetining bajarilishida ishtirok etgan. O‘qator loyihalarning mas’uliyatli ijrochisi hisoblanadi, jumladan:
- “Polimerlardagi nanotuzilmalar. Ularni olish va materiallarning maxsus xossalarida namoyon bo‘lish qonuniyatlari” muhim tadqiqot loyihasi (2007 - 2011yillar); - “Polietilenning montmorillonit bilan qiyin yonuvchan, nanokompozitlarini yaratish” amaliy loyihasi (2008-2011); - “Sanoatning turli tarmoqlari uchun termoplastlar va qatlamli silikatlar asosida (klassik antipirenli sinergik aralashmalrni ham kiritgan holda) qiyin yonuvchan, termobarqaror nanokompozitlarni sintez qilish va tadqiq etish” loyihasi (2012-2016); - “Polietilenning montmorillonit bilan termobarqaror nanokompozitlarini yaratish” loyihasi (2012 - 2014); - “Mahalliy polietilen asosida nurga chidamli kompozitsiya olish texnologiyasini ishlab chiqish” (2015 - 2017).
Kimyo fanlari nomzodi, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim unvoniga ega bo‘lgan olima 2009 - 2012 yillarda O‘zR FA PKFI huzuridagi Ixtisoslashgan kengash ilmiy kotibasi bo‘lgan. O‘smanova Manzura Mahmudovna yuqori tajribali mutaxassis, katta tashkilotchilik qobiliyatigi ega bo‘lgan kamtar insondir, shuningdek u muvaffaqiyat bilan ilmiy faoliyatni jamoatchilik faoliyati bilan birgalikda olib bormoqda:
2000 - 2006 yillar O‘zR ta’lim va ilm - fan xodimlari kasaba uyushmalari Markaziy Qo‘mitasi hay’ati a’zosi, 2000 - 2006 yillar va 2012 - 2014 yillar O‘zR FA xodimlari kasaba uyushmalari Birlashgan qo‘mitasi hay’ati a’zosi, 2000 - 2006 yillar va 2011 yildan beri O‘zMO‘ koshidagi PKFITM Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Xotin - qizlar qo‘mitasi raisi.
Manzura Usmonovaning umumiy va Fanlar akademiyasi tizimidagi, ta’lim sohasidagi uzluksiz mehnat faoliyati 43 yilni tashkil etadi.
Manzura Mahmudovna o‘zining jamoat faoliyati davomida yoshlar bilan ishlashga, tarbiyaviy, murabbiylik ishlariga alohida e’tibor qaratib keladi.
Samimiyligi, har bir vazifaga mas’uliyat bilan yondoshishi, ilmiy salohiyati, pedagogik mahorati, kasbga muhabbati bilan hurmatga sazovor olima.