O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rasulov Abdug‘afur

Rasulov Abdug‘afur | Filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan arbob    Abdug‘afur Rasulov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan arbob.
    Abdug‘afur Rasulov 1937 yil 1 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1970 yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1970-1971 yillar ToshDU talabalar va aspirantlar kasaba uyushmasi raisi bo‘lgan. 1979 yil Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilingan. 1996-1998 yillar O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani. 2002 yil “Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida talqin va tahlil muammosi” mavzusida ilmiy ishni yoqlab, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
    2003 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoniga sazovor bo‘lgan. 2004 yil professor ilmiy unvonini olgan va 2004 yildan O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi professori hisoblangan.
    Abdug‘afur Rasulov - sadoqatli va e’tiqodli shogird. Tanqidchilikda chuqur bilim va iste’dodi, halol va to‘g‘riso‘zligi bilan ustozining ishonchini oqlagan olim. U o‘z kasbining tanqidchilikning jonkuyari sifatida shakllandi. 1985 yil chop etilgan “Tanqidchilik ufqlari” kitobidan tortib "Ilmi g‘aribani ko‘msab" (1998) nomli risolasigacha bo‘lgan izlanishlarida tanqidchiligimizni o‘zining chuqur ilmiy o‘zaniga burish harakati yaqqol seziladi. Sharq adabiyotshunosligidagi talqin ilmi haqida fikr yuritib, tanqidchilikda yangicha yondashuvlarning shakllanishi zaruriyat ekanligini ilmiy asoslab beradi. Bu ilmiy fikrlar yanada sayqallanib, boyitilib, jahon adabiyotshunosligidagi ilg‘or nazariy qarashlar va tushunchalar bilan qo‘shilib olimning “Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida tahlil va talqin muammosi” (2002) nomli doktorlik tadqiqotida o‘zining mantiqiy yakunini topdi: Abdug‘afur Rasulov tanqid nazariyotchisi sifatida e’tirof etildi. Nihoyat, 2006 yilda domlaning "Tanqid, talqin, baholash" nomli kitobi nashrdan chiqqan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar45



Tabiiy fanlar5



Filologiya45