O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rasulov Rustam Yavkachovich

Rasulov Rustam YavkachovichFizika – matematika  fanlari  doktori, professor

    1951 yil 18 mayda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida  tavqallud topgan .1973 yildan  beri Farg‘ona davlat pedagogika  instituti(hozirgi Farg‘ona davlat  universiteti ) da faoliyat ko‘rsatib  kelmoqda.1973 yildan  kichik ilmiy xodim  lavozimida  o‘z faoliyatini  boshlagan.
    U1983 yil Rosiya FA qoshidagi  akademik A.F. Ioffe nomidagi FTI dagi  ixtisoslashgan  ilmiy  Kengashda “Fotogalvanicheskie effektiv kristallax bez tsentra inversii” mavzusida nomzodlik,1993 yilda mazkur ilmiy  Kengashda “Lineynye i nelineynye opticheskie i fotogalvanicheskie effektyv poluprovodnikax”mavzusida  doktorlik  dissertatsiyasini  himoya qilgan.
    2000 yildan  fizika kafedrasi  professori . Uning ilmiy rahbarligida A.Avliyaev (1998 yil), V.R.Rasulov (2004 yil) Yu.Ye.Salenko (1999 yil) O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti davlat stipendiatlari bo‘lishgan. Uning boshchiligida zamonaviy, dolzarb mavzular bo‘yicha bitiruv - malakaviy ishlari ingliz tilida himoya qilinib kelmoqda. Shuningdek, ilmiy rahbarligida Xurshid Abdullaev va Akmal Minavvarovlar o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “First step to Nobel Prize” (Varshava, 1998 yil) tanlovi sovrindorlari bo‘lishgan. Shogirdi - litsey o‘quvchisi Damir Kalashnikov 2004 yili fizika fani bo‘yicha o‘tkazilgan jahon olimpiadasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uning ilmiy rahbarligida Turkiya fuqarosi Tevfik Eski, shuningdek, Yu.Ye.Salenko, D.Qambarov va B.A.Mamadalievlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
    R.Rasulov Fizika - quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga tegishli Fizika-texnika institutining ixtisoslashgan (doktorlik) va Andijon davlat universiteti qoshida tashkil etilgan maxsus (nomzodlik) ilmiy Kengashi a’zosi, Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘ona politexnika instituta ilmiy jurnallari tahririyatlari a’zosi bo‘lgan.
    2002 - 2012 yillarda O‘zbekistan Respublikasi FA Farg‘ona ilmiy markazi ijrochi direktori, 2000 - 2002 yillarda fizika, 2004 – 2005 - 2008 yillarda fizika - matematika fakultetlari dekani hamda 1993 - 2012 yillarda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelgan. U yuqori bosqich bakalavrlari va magistrantlariga “Kvant mexanikasi”, “Qattiq jismlar fizikasi”, “Yarim o‘tkazgichlarda kinetik, optik va fotoelektrik hodisalar”, “Maydonning kvantlashgan nazariyasi”, “Kvantlashgan statistik fizika”, “Nanofizika” kabi fanlardan o‘quv - uslubiy adabiyotlar yaratgan va bu fanlardan yuqori malakali mutaxassis sifatida saboq bermoqda.
    2005 yil 25 - 28 fevral, 2014 yil 28 fevral 5 mart kunlari Sankt - Peterburg FTIning qishki maktabida nanooptikaning dolzarb sohalari bo‘yicha ma’ruzasi bilan qatnashib qaytdi.
    R.Ya.Rasulov ham mualliflikda 2 ta ixtirouchun patent olgan, turli toifadagi ilmiy jurnallar va ilmiy – amaliy anjumanlarda 227 ta ilmiy, o‘quv – uslubiy ishlari, jumladan, 26 ta ilmiy maqolasi AQSh, Germaniya, Angliya va Rossiya mamlakatlari ilmiy jurnallarida e’lon qilingan. Ham mualliflikda “Kvant mexanikasining asoslari” o‘quv qo‘llanmasi (Toshkent, “Uqituvchi”, 1995)ni yozgan; 1992 yilda Rossiya FA muxbira’zosi, professor Ye.L.Ivchenko bilan ham mualliflikda “Fan” nashriyotida “Simmetriya i realnaya zonnaya struktura poluprovodnikov” nomli monografiyasi chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya5