Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, o‘z sohasining taniqli olimasi Raupova Laylo Rahimovna ilmiy faoliyatino‘zi tahsil olgan ToshDU(Hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetidan boshlagan.
2005 yildan, 2015 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining attestatsiya boshqarmasida bosh ekspert lavozimida ishlagan. Olimaning izlanishlarida jahon tilshunoslari tomonidan e’tirof etilgan o‘zaro muloqot, turli xalqlar uchun xos bo‘lgan nutqiy aloka bilan bog‘liq muammolar, aloqa - aralashuvning milliy - madaniy belgilarini o‘rganish, til madaniyati hodisalarini talqin qilish muammolari aks etgan. Bu bilan esa olimaning ilmiy faoliyati o‘zbek tilshunosligining yangi bosqichdagi ilmiy tadqiq ishlarini boyitishga, shu siradagi ilmiy izlanishlarni to‘ldirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Raupova Laylo Rahimovnaning tadqiqotida dialogik diskursda voqelanadigan polipredikativ birliklar ijtimoiy ixtisoslashuviga ko‘ra, rang - barang, o‘zbek erkak va ayollarining nutqiy muloqoti o‘ziga xos tarzda ularning xususiyatini ifodalashga xizmat qilishini, adresat darajasi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi kabilar nutqiy holatning asimmetrik pragmatik omili sifatida ro‘yobga chiqishi tahlil etilgan.
Filologiya fanlari doktori Laylo Raupovaning tadqiqoti o‘zbek tilshunosligida dialogik diskursdagi polipredikativ birliklarning sotsioiragmatik xususiyatlarini alohida tadqiqot ob’ekti sifatida maxsus o‘rganish borasidagi ilk izlanishlardan hisoblanib, u ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega.
Raupova Laylo Rahimovna tilshunoslik fanining dolzarb muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan bir qator respublika, xalqaro anjumanlar ishtirokchisi hisoblanadi. U salohiyatli olima bo‘lib, o‘zbek tilshunosligi fanining yangi yutuqlarini xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar qilish orqali jahon ilmiy jamoatchiligiga taqdim etib kelmoqda. Olimaning ilmiy ishlari Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda o‘tkazilgan xalqlar ilmiy anjuman va seminarlarda qayd etilib nashr qilingan. Shuningdek, Laylo Raupova tilshunoslik masalalariga bag‘ishlangan 20 ga yaqin xalqlar respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjuman larda ishtirok etib, o‘z sohasining muammolariga bag‘ishlangan masalalar bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar qilgan. Olima fan bo‘yicha o‘quv - uslubiy va ilmi ishlanmalarni tahlil etish, ilmiy maqolalar tayyorlash, davlat ta’lim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalarni, o‘quv - uslubiy majmua, namunaviy dasturlarni ishlab chiqish tajribasiga ega. 80 da ortiq ilmiy - uslubiy ishlari nashr etilgan, O‘z fanidan pedagogika va zamonaviy interfaol usullar asosida bilim beradi, talabalarning malakaviy 61 bitiruv va kurs ishlariga rahbarlik qiladi. Ta’li berish jarayonida va iqtidorli talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Raupova Laylo Rahimovna “Notiqlik san’ati” fani, “Nugk madaniyati”, “O‘zbek tili”, “Adabiy jarayon” fanlari bo‘yicha yuqori darajada ma’ruzalar o‘qiydi, amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Ushb fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlar muallifi. U har yili Respublika va xalqaro ilmiy konfereitsiyalarda ma’ruzalar o‘qiydi, ochiq darslar o‘tkazadi. Shuningdek, doktorlik dissertatsiyalari rahbarlik ham qilib kelmoqda. Laylo Raupova mamlakatimizda yetuk tilshunos kadrlarni tayyorlash munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Olimaning izlanishlarida mamlakatimizning istiqlolga erishuv bilan bog‘liq o‘zbek xalqining madaniy - ma’naviy masalalari aks ettirilgan.
Filologiya fanlari doktori Raupova Layl Rahimovnaning ilmiy, jamoatchilik faoliyati munosib baholangan. U “Xalq maorifi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan takdirlangan. Laylo Raupova O‘zbekisgon Milliy universiteti huzuridag Ixtisoslashgan kengash qoshidagi seminar a’zosi U intizomli, talabchan, o‘z ustida astoydil ishla! digan o‘qituvchilardan biri. Stajyor – tadqiqotchi izlanuvchilarga, magistratura bosqichi talabalarga amaliy yordam beradi. Tarbiyaviy va ijtimoiy ishlarni talab darajasida olib boradi. Institut professor - o‘qituvchilari va talabalari orasida katta obro‘ga ega.
Layloxon - oilali, 3 nafar farzandi bor.