O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Raupova Nodira Baxromovna

    Toshkent Davlat Agrar universitetining Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Raupova Nodira Baxromovna mehnat faoliyatini o‘zi tahsil olgan mazkur universitetda boshlagan. 2005 yil dotsent vazifasini bajaruvchi, 2008 yildan hozirgi kungacha agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti vazifasida ishlamoqda. Darslarni bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalariga yuqori darajada, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida sifatli olib boradi.
    Nodira Raupova 2000 yilda “Uchlamchi davr yotqiziqlarida shakllangan eroziyaga uchragan tipik bo‘z tuproqlarning gumus holati va uni boshkarishning ayrim yo‘llari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Tadqiqotlar hududi Toshkent viloyati Qibray tumani (Turon, Bo‘ri ota, Baytqo‘rg‘on, Madaniyat, Temirqadam xo‘jaliklari) bo‘lib, bu yerda tarqalgan tuproqlarning suv eroziyasi ta’sirida yemirilishi va uning oldini olish hamda eroziyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirish yo‘llarini o‘rgandi va ilmiy tavsiyalar beradi.
    2004 yilda “Gumusnoe sostoyanie erodirovanniyx tipichnix serozemov, sformirovanniyx na otlojeniyax neogena i nekotorie puti yego regulirovaniya” deb nomlangan monografiyasini chop ettirdi. 2003 - 2005 yillarda “G‘o‘zadan ekologik sof paxta yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqarish” mavzusida AQSh Davlat byudjeti bo‘yicha ilmiy tadqikotlarda ishtirok etdi. 2006 - 2008 yillarda Respublika Fan va texnologiyalar markazi orqali bajarilayotgan “O‘zbekistonning janubiy hududi tog‘ va tog‘oldi tuproqlarining erozion jarayonlarini o‘rganish, eroziyaga uchragan tuproqlar unumdorligini tiklash, samarali agrotexnologik usullarni ishlab chiqish. (Hisor tog‘ tizmasi janubiy yon bag‘ri tuproqlari misolida)” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etdi. 2006 yilda dotsentlik unvonini olgan.
    Raupova Nodira Bahromovna ko‘pgina tuman, viloyat, respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2000 yil O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining yosh olimlar, aspirantlar va tadqikotchilar uchun ta’sis etilgan stipendiyasi 2000 yilgi tanlovining tuproqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha g‘olibi bo‘ldi va vazirlikning mukofoti bilan takdirlandi.
    Nodira Raupova kafedrada (Sovremennoe ekologo - geneticheskie osobennosti pochv vertikalnoy zonalnosti Zapadnogo Tyanshanya i puti povmsheniya ix plodorodiya) – “G‘arbiy Tiyonshon vertikal zonallikda tarqalgan tuproklarining hozirgi ekologiq - genetik jihatlari va unumdorligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida bormoqda.
    Kafedrada bajarilayotgan “Qurama tog‘ va tog‘ yon bag‘ri tuproqlarida tuproq eroziya jarayonlari hamda eroziyalangan va ifloslangan tuproqlarning gumusli holatini, unumdorligini tiklash, oshirish yo‘llarini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha davlat byudjetiga rahbarlik qildi. (2012 - 21014y). Hozirgi kunda “Buxoro vohasidagi sug‘oriladigan tuproqlarida sho‘rlanish jarayonlarini o‘rganish hamda sho‘rlangan tuproqlarning biologik faolligini, gumusli holatini, unumdorligini turli bio o‘g‘itlar yordamida tiklashning samarali yo‘llarini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat byudjetiga rahbarlik qilmoqda.
    Olima 100 dan ortik ilmiy - uslubiy ishlarni chop ettirgan. Shu jumladan, 2 ta monografiya, 2 ta darslik, 6 ta o‘quv ko‘llanma, 10 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.
    Dotsent Nodira Raupova rahbarligida 60  dan ortiq bitiruv malakaviy ishlari, 30 dan ortiq magistrlik dissertatsiya ishlari himoya qilingan. Hozirgi kunda 2 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchiga rahbarlik qilmoqda
    Nodira Raupova rahbarligida 2 ta talaba: 2013 yilda N.Ruhiddinova, 2015 yil A.Qoraxonovlar O‘zR Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldilar.
    Raupova Nodira Bahromovna 2003 - 2010 yillarda universitet Xotin - qizlar qo‘mitasi raisi vazifasida ishladi, 2012 yildan O‘zbekiston xotin - qizlari “Olima” uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
    Nodira Raupova doimiy ravishda o‘z tajribasini, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy darajasini oshirish ustida qatiyat va sabr - toqat bilan ishlaydi. U har ishda tashabbuskor, jur’atli, to‘g‘riso‘z, ma’naviy yetuk, o‘z kasbdoshlariga nisbatan doimo mehribon va g‘amxo‘r.
    Dotsent Nodira Raupova universitet va fakultet professor - o‘qituvchilari hamda talabalari orasida katta hurmat va e’tiborga ega. Nodiraxon oilali, ibratli ona sifatida uch farzandni tarbiyalab voyaga yetkazmoqda.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5