O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Raxmanova Zebuniso

Raxmanova  Zebuniso     Bir marta bo‘lsayam osmonda  charx urib uchayotgan qushlarga  qarab  uchishni  orzu qilmagan odam bo‘lmasa kerak. Boladir, kattadir. Ayniqsa, bahorda chug‘ur - chug‘ur bilan qushlar kaytganda, dunyoni hayot ovozlariga to‘ldirganda yoki kuzda bog‘larni huvillatib ketishganida, izida sukunat olamini koldirganida... kushlarni hamma paykaydi. Goh shodon, goh mahzun tuyg‘ulari unga bog‘lanadi.
Ammo har kim ham kushlar mavzusida dissertatsiya yozishga bel bog‘layvermaydi. Axir, “Qush tili” kitobini ham hamma yozavermagan - ku.
Samarqandlik olima Zebiniso Po‘latovna nomzodlik dissertatsiyasi uchun shu mavzuni tanladi. Bu uning inja ko‘ngli, qanotli orzularidan belgiday...
Zebiniso Po‘latovna 1969 yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 1986 yilda Nurobod tumanidagi 1 - o‘rta maktabni tugatdi va Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. 1991 yilda universitetni muvaffakiyatli tugatdi.
Talabalik yillarida o‘zlariga dars bergan bilimdon ustozlariga havasi kelardi. Qalbida ularga o‘xshash orzusi tug‘ilganidan 1992 - 1996 yillarda o‘zining kadrdon dorilfununida aspiranturaning kunduzgi bo‘limida tahsil oldi. U “Samarqand shahri qushlari jamoasi strukturasi va bioxilma - xilligining zamonaviy holati” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bordi va 2002 yilda zoologiya ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya kildi. Mehnat faoliyatini o‘zining ma’rifati, shon - shuhratiga oltin beshik bo‘lgan universitetning zoologiya kafedrasida laborantlikdan boshladi. Tirishkoqligi, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi, kasb mukammalligiga intilgani uchun katta laborant, assistent (1997), zoologiya kafedrasi dotsenti (2005), shu kafedraning mudiri (2011) kabi vazifa va lavozimlarni egalladi.
Ayni paytda (2008 - 2011) tabiiy fanlar fakultetida ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimida ham ishladi. Hayotda mehnat kilib toliqmaydigan, aksincha, mehnatdan halovot topadigan insonlar bo‘ladiki, Zebiniso Po‘latovna aynan shunday insonlar sirasiga kiradi. Olima maosh olib ishlaydigan vazifasidan tashqari, jamoat ishlariga ham ko‘p kuch va vakt sarflaydi. Fakultet xotin - qizlar kengashi raisi, iqtidorli talabalar bilan ishlashga mas’ul ustoz, fakultet murabbiylar kengashi raisi...
Har bir yo‘nalish olimaning yangi bir kirrasini kashf etdi. Zebiniso Po‘latovna hozir universitet magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda. Olima o‘z faniga tegishli 6 ta uslubiy qo‘llanma tayyorlagan, 70 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. Zebiniso Po‘latovna zamon bilan hamnafas qadam tashlaydigan inson, o‘troqlik, turg‘unlik u kishiga xos emas. U 2007 yilda molekulyar biologiya bo‘yicha butunjahon kongressida grant sohibi sifatida AQShning Vashington shtatida bo‘lib o‘tgan anjumanda ma’ruza bilan ishtirok etdi. 2008 yilda Seul shahrida sohaga oid kongressda katnashdi. 2009 yil iyun oyida “Biologiyadan masofali o‘kitish” yo‘nalishi bo‘yicha Germaniyaning Berlin shahrida tashkil etilgan o‘kuv kursida o‘qib qaytdi va olgan bilimlarini hozir tajribada muvaffakiyatli qo‘llamokda.
2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat - targ‘ibot markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” malaka oshirish kursida ta’lim olib qaytdi.
Milliy tiklanish demokratik partiyasi a’zosi sifatida mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etadi. Jumladan, 2009 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish jarayonida 50 - Registon okrugiga qarashli 44 - saylov uchastka saylov komissiyasi raisi sifatida o‘ziga ishonib topshirilgan vazifani a’lo darajada ado etdi. U talabalarning talabchan, to‘g‘riso‘z, adolatli ustozi, ustozlarning ishongan shogirdi, oilasida ikki farzandni yaxshiliklarga yo‘llovchi ona, hamkasblariga sadokatli do‘st... Bu ta’riflarni yana va yana davom ettirish mumkin.
Ota - ona tarbiyaladi, degan gap bor. Davr kamolga yetkazdi, deymiz. Ilm - ma’rifatdan kuch - quvvat oldi, deyishadi. Zebiniso Po‘latovna Rahmanova shaxsida bu vositalarning hammasini o‘rni bor.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5