O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Razzoqov Sobirjon Jo‘raevich

Razzoqov Sobirjon Jo‘raevich     Sobirjon Jo‘raevich Razzoqov 1962 yilning 24 avgustida Namangan viloyati  Uychi tumani Yorqo‘rg‘on qishlog‘ida  ishchi oilasida  tug‘ilgan.
    1969 - 1979 yillarda  Yorqo‘rg‘on qishlog‘idagi 38 - o‘rta  maktabda  o‘qigan va uni  oltin medal  bilan  tamomlagan.
    1979 yili  Toshkent politexnika institutining  qurilish  fakultetiga o‘qishga kirdi. 1984 yili institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, quruvchi - muhandis mutaxassisligiga ega bo‘ldi. Institutni tugatgach, Respublika Oliy ta’lim vazirligi yo‘llanmasi bilan Toshkent politexnika institutining Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) ishga yuborildi. Bu yerda 1988 yilgacha assistent lavozimida ishladi.
    1988 — 1991 yillarda Toshkent arxitektura - qurilish instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limida o‘qib, prof.Q.I. Ro‘ziev rahbarligida ilmiy - tadqiqot ishlari olib bordi. 1991 yilning 13 dekabrida “Dinamik yuklamalarning sterjenli tom yopma konstruktsiyalarining kuchlanganlik va deformatsiyalanuvchanlik holatiga ta’siri” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va unga texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi.
    1992 yildan boshlab sanoat va fuqaro qurilish kafedrasida katta o‘qituvchi va dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishladi.
    1994 yilda unga dotsentlik ilmiy unvoni berildi.
    1996 — 1999 yillar mobaynida qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. U 2002 yilda respublika “Ustoz” jamg‘armasining grant g‘olibi sifatida Janubiy Koreya mamlakatining‘ KUMI milliy texnolog‘ik institutida malaka oshirib qaytdi. Bundan tashqari dotsent S. Razzoqov Germaniya va AQSh davlatlaridagi ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan.
    1998 yili ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun Uzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta - maxsus ta’lim vazirligining va 2003 yili Namangan viloyati hokimligining “Faxriy yorliq”lari bilan mukofotlangan. Hozirgi paytda u “Ekologik sof mahalliy ashyolardan tiklangan binolarning mustahkamligi va zilzilabar- doshligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlash bilan birga institut binolar va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
    Hozirgacha uning 60 dan ortiq ilmiy, o‘quv - uslubiy maqolalari chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5