O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rejaboyev Akmal

    Rejaboev Akmal Jo‘raevich 1959- yili Toshkent  viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi so‘lim Humson qishlog‘ida tavallud topgan.Otasi Jo‘ra aka va onasi O‘g‘iloy opa maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlarkan , ikki qizdan keyin tug‘ilgan o‘g‘ilning  har tomonlama  barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun bor imkoniyatini safarbar qilishgandi. Bu esa kichik Aksalning hayotida teran fikrlovchi va kuzatuvchanyigit sifatida ulg‘ayishga sabab bo‘ldi. U otasi bilan maslahatlashgan holda ustozi  texnika fanlari nomzodi, dotsent Haybat aka Xayrullaev singari katta yutuqlarga erishish orzusida Toshkent davlat qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga  o‘qishga kirdi.    Institutda ham ilmga chanqoqligi bois faqat alo baholarga o‘qidi. 1981- yili o‘qishni imtiyozli diplom bilan tugatgan yosh mutaxassisni ustozlari mazkur oliygoxning “Traktor va avtomabillar” kafedrasiga assistent lavozimiga taklif etishdi.Qaxramonimiz tashabuskorlik va intiluvchanlik fazilatlari bilan tezda nazarga tushdi.Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy texnika  bilim yurtining “Taktika va umumharbiy fanlar “ kafedrasiga o‘qituvchi etib ishga tayinlandi. Zaxiradagi katta leytenantining mehnatlari o‘z bahosini oldi: avval batalon komandiri, so‘ng o‘quv bo‘limi boshlig‘i, bilim yurti boshlig‘ining qurol-aslaha va taminot bo‘yicha o‘rinbosari vazifalariga munosib ko‘rildi. Akmal Rejaboev harbiy xizmat va ilmiy yo‘nalishdagi ishlarini birgalikda olib borib, Yurtboshimiz asarlarida ilgari surilgan harbiy vatanparvarlik g‘oyalari bo‘yicha pedagogika fanlari doktori Safo Ochil rahbarligida “Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi asosida harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzuida nomzodlikdissertatsiyasini himoya  qilib pedagogika fanlari nomzodi unvonini oldi.Keyingi sharafli polkovnik unvoni ham qaxramonimizning tizimda   sidqidildan qilgan xizmatlari samarasidir. U o‘ttizdan ortiq ilmiy maqolalar , bir necha uslubiy qo‘llanmalar , monografiya va esselar muallifi hamdir.Rejaboev Akmal ayni paytda mehnat kamarini qattiq bog‘lagan holda yurtimiz yoshlarini komil inson etib tarbiyalashdek yuksak maqsadlar bilan Toshkent viloyatining pedagogika kollejiga rahbarlik qilib kelmoqda.Qaxramonimizning halol mehnati xukumatimiz tomonidan qadrlanib,to‘rt marotaba ko‘krak nishoni , faxriy yorliqlar va qimmatbaho mukofatlar bilan taqdirlangan.Akmal aka risolagidek oila qo‘rg‘oni sardori. U rafiqasi Muhabbat opa ( tibbiyot fanlari nomzodi) bilan farzandlari Hasanjon (Xalqaro Vestminister universitetini tugatgan) va Husanjon (Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan) ni tarbiyalab el koriga kamarbasta qilganlar. 
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar30



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar60



Filologiya6