«Asarlar» to‘plami VIII jild
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi 2008 yildan boshlab akademik Aziz Qayumovning “Asarlar” ini nashr qilmoqqa kirishdi.
Ularda olimning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Huvaydo, Furqat kabi yirik o‘zbek adiblarining ijodiga oid asarlari bor.
Shuningdek, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug‘bek Mirzo kabi buyuk olimlar ilmiy faoliyatiga doir ilmiy-ommabop kitoblari, O‘zbekiston akademiklari to‘g‘risidagi risolalari ham bu nashrdan o‘rin olgan. Bulardan tashqari o‘zbek, fors-tojik adabiyoti tarixiga oid maqolalari, ilmiy ishlari ham «Asarlar» to‘plamiga kiritilgan.