Eng qadimiy shahar
Ushbu risolada O‘zbekiston hududida arxeologiya manbalar asosida birinchi bor o‘rganilgan eng qadimgi shahar-Jarqo‘ton haqida so‘z boradi. Jarqo‘ton yodgorligi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Bo‘stonsoy sohillarida bundan uch yarim-to‘rt ming yil avval qad ko‘targan noyob obida bo‘lib, unda 1973 yildan hozirgacha keng ko‘lamli arxeologik izlanishlar olib borildi.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi shaharlari turkumiga kirgan bu shahar xarobasidan shahar hukmdorining monumental shohona saroy qoldiqlari, yuksak darajada rivojlangan ko‘p tarmoqli hunarmandchilik ob’ektlari hamda zardushtiylik dini va Avesto vatani tarkibiga O‘zbekiston hududlari ham kirganligidan guvohlik beruvchi mahobatli monumental bino — otashparastlar ibodatxonasi topilgan.
Ushbu risolada ana shu noyob topilmalar haqida hikoya qilinadi.
