O‘zbekiston Akademiklari
Ushbu to‘plamda akademik Aziz Qayumov O‘zbekistonning zabardast olimlari akademik - Oybek, T.N.Qori-Niyoziy, Q.M.Abdullaev, Voxid Zohidov, Hadicha Sulaymonova, Yaxyo G‘ulomov, Axmadali Asqarov, Rahima Aminova, Ubaydulla Karimov hayoti va ijodiy faoliyati to‘grisidagi xotiralarini yozgan. Kitob o‘quvchilari elimizning bu aziz farzandlariga oid ma’lumotlardan bahra topib mamnun bo‘larlar, deb umid qilamiz.