O‘zbekiston tarixi
Ushbu qo‘llanmada O‘zbekistonning eng qadimgi davridan to V asrgacha bo‘lgan juda boy va murakkab tarixi hikoya qilinadi. Unda ajdodlarimizning ilk izlari va dastlabki yirik xo‘jalik ixtirolari—dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikning kelib chiqishi arxeologiya materiallari asosida bayon etiladi. Shuningdek, zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» to‘g‘risida, O‘rta Osiyo xalqlarining tashqi dushmanga qarshi qahramonona kurashi, Buyuk ipak yo‘li va unda qadimgi ajdodlarimizning ishtiroki, eng qadimgi yozuvlar, so‘g‘diy va turkiy tillar mushtarakligida tashkil topgan moddiy va madaniy hayot haqida fikr yuritiladi.
