O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xotiralar

    O‘zbek xalqi juda ko‘plab mashxur ayollarni tarbiyalagan va tarbiyalamoqda. Bu tarixiy xaqiqatdir.

    Endilikda mustaqil va erkin hayotga erishgan xalqimiz o‘zining mashxur farzandlarining xotirasini yuksak qadrlaydi. Ularning namunali hayot yo‘li, sermahsul faoliyati o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga va ma’naviy yuksaltirishga xizmat qiladi.

    Ushbu risola o‘zbek fanining eng taniqli namoyandalaridan biri akademik Rahimaxon Aminovaning (1925-2001) porloq xotirasiga bag‘ishlangan. U iste’dodli olima, latofatli ayol, sadoqatli rafiqa, g‘amxo‘r ona bo‘lgan. Rahima Hodiyevna butun hayoti, bilimi va mehnat faoliyatini o‘zining sevimli xalqiga va Vataniga baxshida qilgan; tarix fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.

    Ushbu risolada Rahima Hodiyevna Aminovaning avlodiga tegishli bo‘lgan va uning hayoti bilan shaxsan tanish bo‘lgan kishining xotiralari joy olgan. Bu taniqli olimaning hayoti va faoliyati haqida, uning boy ilmiy merosi to‘g‘risidagi ilmiy asarlar, kitoblar va xotiralarning bundan keyin xam chiqishi shubhasizdir.

    Chunki hayotimizning chirog‘i, umrimizning guli bo‘lgan butunlay ayollarni e’zozlash, bu o‘z xalqini, sevimli Vatanini ko‘klarga ko‘tarishdir.