O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yer haqidagi fanlar bo‘yicha ilmiy -tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish masalalari

    O‘zbekiston  jahondagi  iqtisodiy,  ma’naviy  rivojlangan mamlakatlar  qatorida  bo‘lishida  yuqori malakali  ilmiy va  ilmiy-pedagogik kadrlarning  roli  nihoyatda katta.  Shu boisdan  ham ilm-fan  ahlining,  shuningdek  ma’muriy-boshqaruv  tashkilotlari,  ilmiy  muassasalar,  Oliy  o‘quv  yurtlari  hamda  Respublika  Fanlar akademiyasining  bugungi  kundagi  dolzarb  vazifalaridan  biri -yuqori  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik  kadrlarni  tayyorlashdan  iboratdir.  Bu  esa  birinchi  navbatda  o‘ta  bilimdon,  o‘z  kasbining fidoyisi  bo‘lgan  yosh  fan  doktorlari  va nomzodlarini  tayyorlash  demakdir.

    Yer  haqidagi  fanlar  sohasida  turli tizimdagi  ilmiy va  ishlab  chiqarish  korxonalari  bilan  hamkorlikda  ish  olib  borishga to‘g‘ri keladi.  Shularni  nazarda tutib,  yer  haqidagi fanlar  yo‘nalishidagi  institutlar  bilan  -   o‘zaro  kelishuv  buyurtma,  xo‘jalik shartnomasi  va  boshqa  turli  xil  hamkorlikdagi  ishlarni  olib borishi  mumkin  bo‘lgan  tashkilotlar,  geologik  ilmiy  muassasalar hamda mavjud  shu sohadagi fan doktorlarining  mutaxassisliklari bo‘yicha  ro‘yxatlari  mazkur ma’lumotnomada keltirilgan.

    Ushbu  ma’lumotnoma  yer  haqidagi  fanlar  yo‘nalishidagi  ilmiy  muassasalar  olimlari  hamda  ishlab  chiqarish  korxonalari muhandis-texnik  xodimlar  “  qo‘llanma  vazifasini bajaradi.