O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rixsiyeva Ozoda

Rixsiyeva Ozoda Anvarovna     Rixsiyeva Ozoda Anvarovna 1930 yilning 1 yanvarida Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. U 43 - o‘rga maktabni tugatgach, 1947 yilda Toshkent Tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi. 1953 yilda shifokor ixtisosligini egallab, mehnat faoliyatini davolovchi jismoniy tarbiya mutaxassisi sifatida boshladi.
  1955 — 56 yillarda Moskva shaxridagi Shifokorlar malakasini oshirish Markaziy institutining vrach nazorati va davolovchi jismoniy tarbiya kafedrasi aspiranturasida taxsil oldi. 1959 yilda “O‘pkaning unga xos bo‘lmagan surunkali kasalliklarida davolovchi gimnastika” mavzusida nomzodlik disssrtatsiyasini yoqladi. Davolovchi jismoniy tarbiya muammolariga qiziqish uni O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutiga yetakladi. U sport tibbiyoti kafedrasi mudiri lavozimini egalladi.
  Aslida Ozodaxon yoshligidanoq sportga qiziqqan, ayniqsa, tennis o‘ynashga ishqiboz edi. Talabalik yillarida avval institut, keyin shahar va respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etgan, hatto respublika chempioni darajasiga ko‘tarilgan, sport ustasi me’yorlarini bajargan edi. Shuning uchun ham 1960 yilda uning Jismoniy tarbiya instituti sirtqi bo‘limiga qabul imtihonlarini topshirishi tasodifiy emasdi. Ozoda Anvarovna 1965 yilda ikkinchi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomini olgach, doktorlik dissertatsiyasi ustidagi ishiga qattiq kirishdi. Ayni vaqtda kafedraning o‘quv - uslubiy hamda ilmiy yo‘nalishdagi faoliyatiga bosh - qosh bo‘ldi. 1969 yilda “Toshkent shahar maktab o‘quvchilarining gurli harakat faolligi sharoitidagi jismoniy holati” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  1970 yilda O. A. Rixsiyevaga professor ilmiy unvoni berildi. U rahbarlik qilgan sport tibbiyoti kafedrasi ko‘p yillar davomida institutning eng ilg‘or kafedralaridan biri xisoblanar, mudirning jonbozligi tufayli bu yerda o‘qitishining texnik vositalarini qo‘llash odatdagi xol sanalar, darslar avtomat boshqaruvli proyektsiyalash apparatlaridan foydalangan xolda o‘tkazilar, slaydlar, diafilmlar namoyish etilar, elektrokardiogramma, spirogramma, rentgenogrammalar ko‘rsatilar, tashxislash asbob - uskunalari xam mavjud edi. Kafedra qoshidagi o‘quv - tadqiqot laboratoriyasi, massaj xonasida amaliy mashg‘ulotlar olib borilardi. Talabalarning nazariyani qay darajada o‘zlashtirgani shaxarning institut biriktirilgan eng yaxshi davolash - profilaktika muassasalarida tekishrilardi. Shuning uchun ham Ozoda Anvarovnaning bir necha talabalari sobiq Ittifoq miqyosida o‘tkazilgan ilmiy konferentsiyalar va tanlovlarning sovrindorlari bo‘lishgan.
  O. A. Rixsiyeva yosh tadqiqotchilarga astoydil yordam berar, o‘zida bor bilimlarni sira ayamas edi. Uning teran aqlu zakosi, faolligi, tashkilotchilik qobiliyati kafedrani go‘yo to‘lqinlantirib yuborgandek bo‘ldi va jamoaning barcha a’zolari ilmiy - tadqiqot ishlariga jalb qilindi. O‘tgan asrning 70 -  80 - yillari mobaynida kafedrada 6 kishi bevosita O. A. Rixsiyeva raxbarligi ostida nomzodlik ishini ximoya qildi, yana o‘nlab yoshlar uning qimmatli maslaxatlaridan baxramand bo‘ldilar.
  Sport tibbiyogi soxasining yirik bilimdoni O. A. Rixsiyeva butun hayoti va mehnat faoliyati davomida doimo ayollarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilib keldi. Tibbiyot hamda sport sohasidagi ulkan xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi xizmatlari uchun unga 1989 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni berildi.
  Ozoda Anvarovnaning ikki o‘g‘li ham shifokor, fan nomzodi, kelinlari ham tibbiyot xodimlari, ular ham fan nomzodlari. 2000 yildan nafaqada keksalik gashtini surayotgan Ozoda opa mudom farzandlari, nabiralari, shogirdlari ardog‘ida.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5