O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rizamuhamedova Mashhura

    Qanday yaxshi inson o‘zi xaqida to‘lib - to‘lib gapira olsa! Qanday yaxshi bosib o‘tgan yo‘llariga o‘zgalar mehrlariga ilgulik ish qilayotgan ekan - da. Mashxura Zokirovna ana shunday ayollarimizdan, doim olg‘a intilgan, intilgan da ham yo‘ldan to‘siqlarni, qiyinchiliklarni yenga olgan ustoz - shifokorlarimizdan. Mashxura Rizamuxamedova 1954 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 1971 yilda o‘rta maktabni fakultetiga o‘qishga kirgan. 1977 yilda institutni tamomlab, oliygox qoshidagi I Respublika klinik kasalxonasining ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bazasi — 1 terapiya bo‘limida vrach - intern, so‘ngra 3 yil davomida vrach - ordinator bo‘lib ishladi. Mashxura Zokirovna 1981 - 1983 yillarda klinik ordinatura o‘tdi. 1983 yildan 4 - ichki kasalliklar kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, 1998 yildan boshlab professor lavozimida ishlab keldi. 2003 yildan fakultet terapiya kafedrasiga konkurs asosida mudir qilib tayinlandi.
  Shu davrlar mobaynida 1981 yilda Moskvada gastroen - terologiya bo‘yicha, 1985 yilda Minskda kardiologiya, 1988 yilda Leningradda pulmonologiya bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tamomladi. 1987 yilda Leningradda pedagogikadan malaka oshirish kurslarini bitirdi. 1999 yilda I Toshkent Davlat Tibbiyot instituti kafedrasi mudirlari va professorlari malakasini oshirish kursini o‘tdi. 2001, 2003 yillarda Sankt - Peterburgda malaka oshirdi. Bu bilimlari zoya ketmadi, ularni ishga tadbiq qildi.
  Mashxura Rizamuxamedova 1991 yilda Sankt - Peterburgdagi Butunittifoq Pulmonologiya ilmiy tekshirish markazida surunkali bronxit turlarining klinik - immunologik kelib chiqishi va ularni davolashning samarali yo‘llarini izladi. U o‘zinnng ilmiy ishlari natijalarini qog‘ozga tushirib, yuqoridagi mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. Olima bu bilan cheklanib qolmadi. Olg‘a intildi. 1995 yilda esa Sankt - Peterburgdagi Rossiya Davlat Pulmonologiya Ilmiy Markazida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Bu qutlovga loyiq ilmiy tadqiqot edi.
  Olima 1997 yilda Rossiya Tibbiyot fanlari Akademiyasining muxbir - a’zosi etib saylandi. O‘zbek ayoli uchun bu juda katta sharafdir. 
  Aytishga oson raqamlarni keltiraylik. Ularni bajarish jarayonining naqadar murakkabligi xammaga ayon. Mashxura Rizamuxamedovaning 140 ta ilmiy ishi chon etildi, 1 ta monografiya, 4 ta ixtiro shular jumlasidandir. U ikkita tibbiyot fanlari nomzodini tayyorladi, uchta doktorlik ishlariga ilmiy maslaxatchi sifatida ishtirok qilyapti.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5