O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rizayev Baxodir Shamsiddinovich

    Baxodir Shamsiddinovich Rizayev 1952 yil 25 mayda Namangan shahrida  xizmatchi oilasida  tug‘ilgan.
    1958 - 1968 yillarda  Namangan shahridagi 18 - o‘rta  maktabda o‘qib, uni oltin  medal  bilan tamomlagan. 
    1968 yilda  Toshkent politexnika  institutining  qurilish fakultetiga  o‘qishga kirgan va shu institutni 1973 yilda  muvaffaqiyatli  tugatgan. O‘z mehnat faoliyatini  Namangan viloyati yo‘l qurilish boshqarmasida boshlagan. 1973 yildan 1981 yilgacha shu boshqarmada katta muhandis, markaziy daboratoriya boshlig‘i, ishlab chiqarish va texnika bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishladi. 1981 yili Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (hozirgi NamMPI) rahbariyati B. Sh. Rizayevni ishga taklif etdi. Institutda ishlash bilan bir vaqtda Toshkent politexnika instituti aspiranturasining sirtqi bo‘limida tahsil oldi.
    1994 yilda “Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar” mutaxassisligi bo‘yicha “Quruq - issiq iqlim sharoitidagi nomarkaziy qisilgan temir - beton ustunlar mustahkamligi, deformatsiyasi va yoriqbardoshligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.
    Uning rahbarligi ostida institut talabalari fanlar olimpiadalarining respublika bosqichida qurilish materiallari fanidan bir necha marta faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladilar.
    Qurilish ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy hamkorlikda faoliyat olib boradi. Kafedra olimlari bilan birgalikda Kosonsoy qurilish materiallari kombinati ohak tsexini qayta ta’mirlash bo‘yicha muhim ilmiy ishlab chiqarish loyihasida ishtirok etdi.
    B. Sh. Rizayev olimlik faoliyati davomida 45 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop ettirgan.
    Hozirda “Quruq - issiq iqlim sharoitida foydalanilayotgan temir - beton qurilmalari holati va ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish” mavzusi ustida ishlamoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5