Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1971 yil 5 aperelda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Eskiarab qishlog‘ida tug‘ildi. 1978 yili tumandagi 8 - umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1 - sinfiga qabul qilindi. 1993 yili Farg‘ona davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi hamda rus maktablarida o‘zbek tili o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomladi. Shu yili o‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshidagi aspiranturaga qabul qilindi.
1996 yili aspiranturani tamomlab, adabiyot tarixi kafedrasida tamomlab, adabiyot tarixi kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish boshladi. Shundan buyon u Farg‘ona davlat universiteti tilshunoslik kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
G.Roziqova 1999 yil 21 mayda Uzbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituta qoshidagi birlashgan Ixtisoslashgan Kengashda professor A.Mamajonov rahbarligida “O‘zbek tilida sintaktik polisemiya” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2008 - 2011 yillarda o‘zbek tilshunosligi kafedrasining katta ilmiy xodim - izlanuvchisi sifatida faoliyat olib bordi. U “O‘zbek adabiy tilining me’yorlashish jarayonini sinergetik va kvantitativ metodlar asosida o‘rganish” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Gulbahor Roziqova 3 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanma va 1 ta risola hamda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. “Gapning shakliy va mazmuniy tuzilishiga ko‘ra turlari” (2004), “Gap qurilishiga xos shakliy - mazmuniy nomutanosiblik va sintaktik polisemiya” (2012) kabi asarlari uning o‘zbek tilshunosligiga qo‘shgan salmoqli ulushi hisoblanadi. Mazkur qo‘llanmalar oliy o‘quv yurtlari filologiya fakulteti talabalari hamda lingvistika yo‘nalishi magistrantlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning qo‘shma gap sintaksisi yuzasidan bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.