Pedagogika fanlari doktori, professoor
Dilnoz Ro‘zieva 1968 yili Buxoro viloyatining Kogon tumanida dunyoga kelgan. Dilnozxonning otasi Isomjon aka (Qorako‘l tumani qishloq xo‘jalik Boshqarmasi bosh mutaxassisi bo‘lgan) ziroatchi edi. Onasi Saida aya (o‘qituvchi) farzandlari: Dilobarxon (Toshkent Iqtisodiyot universitetida dotsent), Dilfuzaxon (maktabda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi), Otabek (Solniq inspektori), Oybek (fermer) lar ma’rifatu ma’naviyatdan saboq berdi.
Dilnozxon 1986 yili Qorako‘l tumanidagi 1 - maktabni tugatdi-yu, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti Navoiy filialining rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirdi. 3 kursdan o‘qishni Rossiya davlatining Belgorod pedagogika institutida davom ettirdi. 4 - kursda o‘qishdagi yutuqlari uchun Polshaning Opole pedagogika institutida stajirovka o‘tab qaytdi. 1991 yil instituti imtayozli diplom bilan tugatib, 1991 yili Navoiy pe¬dagogika institutining rus tili o‘qitish metodikasi kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. 1991 yili Qori - Niyoziy nomidagi O‘zPFITIning aspiranturasiga o‘qishga kirib, 1995 yili professor I.I.Andriyanova rahbarligida - xorijiy tillarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Uzbek maktablarida 7 - 9 sinf o‘quvchilarini ruscha nutqini o‘stirishda tabaqalashgan yondashuvdan foydalanish (vaqtni ifodalovchi so‘zlar misolida) “ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasiii muvaffqiyatli yoqladi. U ni 1994 yili Buxoro Davlat universitetining “Jahon adabiyoti” kafedrasining o‘qituvchisi, 1997 yildan rus tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent lavo¬zimiga tayinlashdi. 2000yili Dilnoz Ro‘ziyeva Nizomiy nomidagi TDPU doktoranturasiga oqishga kirdi. 2006 yili O‘zDJTUning Pedagogika va psixologiya” kafedrasida dotsent bo‘lib faoliyat yuritdi. 2007yil - Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo’yicha “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Qahramonimiz dare jarayonnga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etishni birinchilardan bo‘lib targ‘ib etdi. Olima “Obuchenie russkomu yazыku v shkolax Uzbekistana na sovremennom etape” (metodik ocherklar), Individualizatsiya i differentsiatsiya v obuchenii” (o‘quv qo‘llanma), “Talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish” (mo¬nografiya), Pedagogika (pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik), Ijtimoiy pedagogika (qayta tayyorlash va malaka) “Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi” metodik ko‘llanma, “Oliy maktab pedagogikasi va psixologiyasi” modulidan pedagogik qayta tayyorlash va malakasini oshirish tinglovchilari uchun metodik qo‘llanma, “Vospitanie natsionalnoy gordosti u uz¬bekskoy molodeji” (Moskva, ilmiy matsola), “Ijtimoiy pedagogi¬ka” (pedagoglarni kayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari ginglovchilari uchun ) , pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat buyicha barcha yo‘nalish magistrlari uchuy o‘quv ko‘llanma, magistrlar uchun “Pedagogik diagnostika va korrektsiya” darsliklari muallifidir. Shuningdek, olima Chexiya va Rossiya hamkorligida faoliyat olib borayotgan “Sotsiosfera” ilmiy hamjamiyatida xalqaro ekspert hamdir. U 2017 yili Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat universitetida 144 soatlik malaka oshirish kurslarida o‘kib, Xalqaro diplom sohibi bo‘ldi. Dilnozxon Ruziyevaning Rossiyaning “Nauchniy rezultat. Pedagogika i psixologiya v obrazovanii” va O‘zbekistonning qator ilmiy jurnallarida redkollegiya a’zosi ekanligi ham dilda g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi.
Qaxramonimiz Dilnozxon Ro‘ziyeva jamiyatda o‘z o‘rnini topgan, yurtga sog‘lom fikrli, bilimdon va har tomonlama komil yoshlarni tarbiyalab berishdek mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan insondir.
Dilnozxon Ro‘ziyeva turmush o‘rtog‘i Abdusattor Qodirov (huquqshunos) bilan qizlari: Nilufar, Jasmina, Malika (o‘kuvchi) lar- ni tarbiyalashmoqda. Olimaning umr yo‘llari saodat manzillariga tutashishini tilabqolamiz.