O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ruhiyeva Xolida

Ruhiyeva  Xolida    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach boy tarixga ega bo‘lgan psixologiya fani mamlakatimizda yanada tez sur’atlar bilan rivojlana boshlandi. Bunda psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ruhiyeva Xolida Aribjanovnaning ham hissasi katta.
  O‘zbekiston Milliy Universigetining Ijtimoiy - siyosiy fanlar fakulteti psixologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Ruhiyeva Xolida o‘z ilmiy, pedagogik faoliyati bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish organlarida “Psixologik xizmatni tashkil etish” hamda “Sud - psixologik ekspertiza”larini o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda.
  Xolida Aribjanovna ilmiy, pedagogik faoliyatini yurist, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitilayotgan “Yuridik psixologiya”, “Sud psixologiyasi” hamda “Sud - psixologik ekspertizasi” kurslarining ilmiy - nazariy jihatlarini ko‘tarish va amaliy ahamiyatining salohiyatini oshirishdan boshladi. 2000 - 2008 yillarda shu fakultetning Xotin - qizlar kengashi raisi sifatida o‘z tashkilotchilik faoliyatini namoyon etdi. Dotsent Ruhiyeva Xolida “Yuridik psixologiya”, “Sud - psixologik ekspertizasi” fanlaridan o‘zbek va rus tillarida namunaviy o‘quv dasturlar, Davlat Ta’lim Standart{DTS)lari hamda o‘quv va o‘kuv - uslubiy ko‘llanmalarni tayyorlab kelmoqda.
  Olima chop ettirgan o‘kuv, o‘kuv - metodik qo‘llaimalar va ilmiy maqolalar O‘zbekistonda ilm - fanning rivojiga beqiyos hissa qo‘shmoqda. Olima tomonidan e’lon qilingan ilmiy ishlar soni 250 dan ziyod bo‘lib, ulardan 5 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanma, 238 ta maqola va tezislar.
  Xolida Ruhievaning qalamiga mansub bo‘lgan “Sud - psixologik ekspertizasi”, “Yuridik psixologiya”, “Oliy ta’lim psixologiyasi”, ”Sotsialno - psixologicheskiy trening”, “Voyaga yetmagan o‘smirlar hulq - atvorini o‘zgarishiga olib keluvchi omillarning psixologik xususiyatlari”, “Metodologicheskie rekomendatsii po psixologii vishey shkoli dlya slushateley fakulteta povmsheniya kvalifikatsi prepodavateley vuzov”, “Oliy maktab psixologiyasi muammolari” kabi qator kitoblar yurist, psixolog, pedagog mutaxassislari va talabalar uchun bebaho o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar sifatida foydalanilib kelinmoqda. Bu asarlarda shaxs muammolari, bilish jarayonlari, huquqni muhofaza qilish bo‘limlarida psixologik xizmatni tashkil etish, shaxs emotsional holatini boshqarish, sud - psixologik ekspertizasining ob’ekti, sub’ekti, tayinlash va o‘tkazish tartiblari, ekspert - psixologlarning vakolatlari kabi masalalar yoritib berilgan.
  Ilmiy va pedagogik faoliyati bilan birga olima o‘z shogirdiari ustida ham tinmay faoliyat yuritadi  va ular turli yo‘nalishlarda o‘tkazilgan Fan olimpiadalari, Tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi tanlovda ham birinchi o‘rinni zabt etib, psixologiya fanining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
  Xolida Aribjanovna o‘zining namunali ilmiy salohiyati bilan Respublika va Xorijiy Davlatlarning ilmiy-amaliy anjumanlari, Kongress va Simpoziumlarida psixologiya ilmining qiziqarli va dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruza va chiqishlari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.
  O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi “Kinologiya” markazi tomonidan dotsent Xolida Aribjanovna “Kinologaya” markazida rahbar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro psixologik muhitni barqarorlashtirishda hamda ularni kasbga yo‘nalganligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissalari uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan. Dotsent Xolida Ruhieva Ommaviy axborag vositalarining ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuv va radioeshittirishlarida eksperg - psixolog sifatida qatnashib keladi.
  O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, viloyat, shahar, tuman sudi prokuraturalari huzuridagi deportamentlarida hamda huquqni muhofaza qilish organlarida ham psixologik xizmatni targ‘ib qilib, psixoprofessiogramma o‘tkazish yuzasidan seminar - treninglar, autogen mashqlarni o‘tkazib, o‘zlarining ma’ruza va tajribaviy mashg‘ulotlari bilan nazariy va amaliy jihatdan yordam berib kelmoqda.
  Olima mamlakatimizda psixologiya fanining rivojlanishi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi pedagogik faoliyatning turli sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislarni psixologik bilimlar bilan qurollantirish, “Psixologiya”, “Yuridik psixologiya”, “Sud-psixologik ekspertizasi” fanini targ‘ib qilish kabi mas’uliyatli va xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xolida Aribjanovna ahil-inoq oilada, Madina Muxtarova Azamat qizining mehribon onasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5