O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rustamov Rahmatali Murodovich

    Rahmatali Murodovich Rustamov 1962 yilning  1 yanvarida  Farg‘ona viloyatining  Pop tumani Sang qishlog‘ida  ishchi oilasida  tug‘ilgan.
    1969 yili Pop tumanidagi  10 - o‘rta  maktabga o‘qishga kirib, 1979 yili tamomlagan.
    Mehnat faoliyatini 1997yili Pop noto‘qima matolar fabrikasi  nazorat – o‘lchov asboblari  va avtomatika  tsexining elektr slesari sifatida  boshlagan.
    1989 yili Toshkent politexnika instituti Namangan filialining (hozirgi NamMPI) mexanika fakultetini “Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
    1991 yildan Namangan muhandisdik - pedagogika institutida o‘quv ustasi lavozimida ish boshlab, hozirda mashinasozlik fakulteti dekani lavozimida ishlamoqda.
    O‘zbekiston sharoiti uchun kartoshkani ekishdan avval tuproqqa sifatli ishlov berish mashinalarini takomillashtirish va bunday turdagi yangi mashinaseparatorni yaratish bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlari ustida mehnat qildi. Olib borilgan ilmiy - tadqiqot ishlari natijasida tuproqqa ishlov beruvchi mazkur mashinaning tajriba nusxasi yaratildi. Odingan natijalar asosida 1995 yili Butunrossiya qishloq xo‘jalik mashinasozligi ilmiy - tadqiqot institutidagi ixtisoslashgan kengashda “Qishloq xo‘jaligi va gidromeliorativ mashinalar” mutaxassisligi bo‘yicha “KTN - 2V kartoshka yig‘ish mashinasi bazasidagi tuproq separatori ezuvchi barabanining dinamikasi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
    Hozirda ilmiy ishlarini davom ettirib, doktorlik ishi ustida ishlamoqda.
    60 dan ortiq ilmiy maqolalar va o‘quv - uslubiy ishlar muallifidir. Shuningdek, 3 ta ixtiro uchun mualliflik guvohnomasiga va 3 ta Rossiya Federatsiyasi patentiga ega.
    1999 - 2000 yillarda magistratura fakulteti dekani, 2000 yildan esa mashinasozlik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
    Oliy va o‘rta - maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan “Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” kitobi muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5