O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rustamova Dilsaboxon Jo‘rayevna

Rustamova Dilsaboxon Jo‘raevna    Zamonning ilg‘or ayoli, tashabbuskor, pedagog, faol... Bu sifatlar oliygoxda talabalarga dars berish bilan birga ilmiy faoliyatini ham olib borayotgan zukko, olima ayollarning har biriga xos desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Rustamova Dilsaboxon Jo‘raevna ham ana shunday kalbida o‘ti bor, ilmning mashaqqatli yo‘llaridan o‘tib, uni o‘zgalarga ham ravo ko‘ruvchi bilimdon ayol.
    Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutining Boshqaruv fakultetida taxsil olgan Dilsaboxon Rustamova o‘z ish faoliyatini 1996 yilda Andijon Bank kollejida Mikroiqtisodiyot fani o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan. So‘ngra, ushbu kollejda Umumiqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida ham ishlagan. 1999-2002 yillarda Toshkent Moliya institutining kunduzgi aspirantura bo‘limining "Umumiqtisodiy nazariya" kafedrasida tahsil olgan. Aspiranturada o‘qish bilan bir qatorda o‘rindosh o‘qituvchi vazifasida ham ishlagan.
    2003-2007 yillarda Toshkent Bank kollejining «Umumiqtisodiy fanlar» kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan.
    Iqtisodiy nazariya ixtisosligi bo‘yicha "Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalashlari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib "Iqtisod fanlari nomzodi" ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
    2007 yildan boshlab O‘zbekiston  Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetining "Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment" kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimda ishlab kelmoqda.
    Rustamova Dilsaboxon o‘zining ilmiy faoliyatida 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy qo‘llanma va bir qancha o‘quv-uslubiy ishlar hamda respublikamizning yetakchi iqtisodiy jurnallarida 40 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. Shuningdek, u nufuzli Oliy o‘quv yurtlarida xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilib kelinayotgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda dolzarb mavzular bo‘yicha o‘zining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.
    Dilsaboxon Rustamova pedagogik faoliyati davomida bakalavriat yo‘nalishlarida "Innovatsion menejment", "Menejment", "Personalni boshqarish", "Biznes reja" hamda magistratura mutaxassisliklari talabalariga "Ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti", "Mehnat bozori infratuzilmasi", "Mehnat bozori tahlili", "Korxonalarning rivojlanish strategiyasi" kabi fanlardan dars berib kelmoqda. Shuningdek, u hozirga qadar 40 dan ortiq bakalavrlarning turli mavzulardagi Bitiruv malakaviy ishlariga va 18 nafar magistraturaning Magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. U tayyorlagan shogirdlarning aksariyati respublikamizning turli xududlaridagi ish joylarida nufuzli vazifalarda ishlab kelmoqdalar.
    Dilsaboxon Jo‘raevna pedagogik faoliyati bilan bir qatorda "Ustoz-shogird" tizimi bo‘yicha akademik guruhlarda murabbiylik faoliyatini ham sidqidildan olib boradi. Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil qilish ishlarida faol va tashabbuskor murabbiydir.
    U o‘z ustida tinmay izlanuvchan, kasbini sevadigan, tashabbuskor, jamoatchi mutaxassis sifatida Respublikamizning barkamol avlodlarini Vatanga sadoqatli, mehr-muhabbatli qilib tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Dilsaboxon Rustamova talabalar va pedagogik jamoa orasida o‘z hurmat-e’tiboriga sazovor. U bir o‘g‘il va bir qiz farzandning mehribon onasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar70



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar10



Filologiya10