O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rustamova Mamlakat

    Xalqimizda Vatan  sarxadini  uning  farzandlari belgilaydi,  degan  naql yuradi. Bu  naqlning  isbotini  tibbiyot  fanlari  doktori ,  professor , O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Gastroenterologiya Ilmiy markazi direktori Mamlakat Rustamova hayoti va faoliyatida ko‘rish mumkin. Chunki  uning yorqin iste’dodi va salohiyati tufayli nafaqat O‘zbekiston, balki Qibray tumani ham olamga mashhur bo‘ldi. Mamlakat 1967 yilda Qibray tumanidagi 1 - maktabni tugatib, Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga o‘qishga kirdi. Institutni ham imtiyozli tugatishga muvaffaq bo‘lgan qiz qalbi tanlagan sohasining chuqur bilimdoni bo‘lish ishtiyoqi bilan yondi. U ota - onasining roziligi bilan 1973 - 1975 yillarda Moskva Tibbiyot fanlari akademiyasi qoshidagi Kardiologiya ilmiy tekshirish institutida maqsadli klinik ordinaturada o‘qidi. Malakali ustozlardan saboq olish jarayonida, inson uchun nihoyatda qadrli va zarur kasb egasi bo‘lganini yurak - yurakdan his qildi va bir umrga o‘z kasbini sevishga, uning taraqqiyoti, rivojiga qissa ko‘shishga axd qildi. U o‘qish, izlanishni Tibbiyot fanlar akademiyasi qoshidagi Butunittifok Kar-diologiya ilmiy markazi aspiranturasida davom ettirdi. Aspiranturani tugatgach, 1978 yilning oktyabrida “Dina¬mika arterialnogo davleniya i funktsionalnoe sostoyanie ostavlennoy pochki bolnix, lechenniyx nefrektomiey po povodu simptomicheskoy pochechnoy gipertenzii” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, eng yosh olima nomiga erishdi. Tibbiyot fanlari nomzodi bo‘lib jonajon yurtiga qaytgan Mamlakat Rustamova Toshkent shahar Tez tibbiy yordam 1 - klinik shifoxonasida terapevt lavozimida ishladi. Turmushga chiqdi. Ikki farzandga ona bo‘ldi. Endi uning zimmasidagi vazifa yana ham ko‘paydi. Chaqqon kelin, sarishta beka, ham rafiqa, talabchan va mehribon onalikni xam o‘rinlatib bajarishga imkon, kuch - quvvat topishda oila a’zolari unga bajonidil ko‘maklashishdi. Shu bois u ToshDavTI ichki kasalliklar kafedrasida assis¬tent, dotsent lavozimida ishlashga, ilmiy ishini davom ettirishga ham muvaffaq bo‘ldi.
    1990 yilda Ikkinchi ToshDavTI davolash fakulteta ichki kafedrasiga dotsent bo‘lib o‘tgan  Mamlakat To‘laboyevna 1994 yilda “Janubiy Orolbo‘yi regionida surunkali bronxitning tarkalgani va kechishining klinik xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Pro-fessor unvonini oldi, kafedra mudiri bo‘ldi.
    1996 yil Chikago universiteta tibbiyot markazida, 2001 yil Qirollik kollejida malakasini oshirdi.
    Respublikada gastroenterologiya sohasining muhim va dolzarb masalalarini mustaqil tadkik kilishga layoqatli, izlanuvchan, iqtidorli olima sifatida tanilgan M. Rus¬tamova 1988 - 2003 yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligida Bosh terapevt, 2004 - 2009 yillarda esa Bosh gastroente¬rolog vazifalarida ishladi. 2005 yildan hozirga qadar TTAUAShT ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedra¬siga rahbarlik qilmoqda.
    Orzulari, niyatlari egnidagi libosiday oppoq bo‘lgan Mamlakat To‘laboevnaning so‘z lug‘atida "charchash" degan so‘zni topolmaysiz. Zero, el olqishi, minnatdor nigohlari unga hamisha kuch - quvvat bag‘ishlaydi.
    O‘zbekistan Vrachlar assotsiatsiyasi Prezidiumi a’zosi, Pulmanologiya va fiziatriya maxsus ilmiy kengashi a’zosi M. Rustamova o‘tgan yillar mobaynida 140 dan ortiq ilmiy maqolalar, o‘quv darsligi, shifokorlar uchun 2 ta dastur nashr etdi. 8 ta fan nomzodi tayyorladi.
    “O‘smirlarda va keksa yoshdagi bemorlarda oshqozon - ichak tizimi yara kasalliklarining tarqalishi, klinik xususiyatlari, zamonaviy davolash va profilaktikasi” ilmiy muammosi bo‘yicha ilmiy izlanishga rahbarlik qilayotgan pro¬fessor, Sog‘liqni saqlash a’lochisi Mamlakat Rustamovaga mustahkam sog‘lik tilaymiz, kasbingiz davomchisi bo‘lgan farzandlaringiz, nabiralaringiz iqbolini ko‘rib yuring, deymiz.     
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5