O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Safoyeva Qumri

    Toshkent Moliya instituti matematika kafedrasi mudirasi, iqtisod fanlari doktori, professor Qumri Safoyeva 1937 yilda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tavallud topgan. O‘rta ma’lumotni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi Navoiy nomli maktabda olgan. 1955 yilda Urta Osiyo Davlat universitetining fizika - matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. Uni 1960 yilda muvaffaqiyatli tugallagan hamda matematik, matematika o‘qituvchisi mutaxassisligiga ega bo‘lgan. Shu yili u Moskvaga yo‘l olgan. Sinovlardan muvaffakiyatli o‘tib, Ittifok Fanlar Akademiyasining hisoblash Markazida aspiranturaga qabul qilingan. Aspiranturada iqtisodiy jarayonlarni optimallashtirishda qo‘llaniladigan matematik usullarni o‘zida mujassamlashtirgan “Matematik programmalashtirish” nazariyasi bilan shug‘ullangan.
    Qumri Safoeva 1966 yilda “Uch indeksli transport masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Yosh olimani O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Kibernetika instituti o‘zining issiq bag‘riga oldi. 1963 — 1968 yillarda Qumrixon avval kichik, so‘ngra katta ilmiy xodim bo‘lib ishladi. Uni pedagogika — yoshlar bilan ishlash o‘ziga torta boshladi. Bu yo‘lda ham o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Qumri Safoeva Toshkent Xalq xo‘jaligi institutining “Ehtimollar nazariyasi va hisoblash matematikasi” kafedrasida dotsent (1969—1975) lavozimiga qabul qilindi. So‘ng kafedra mudiri (1976—1986), professor (1986- 1990) lavozimlarida ishladi.
    U pedagogik faoliyatini ilmiy ishi bilan qo‘shib olib bordi. 1990 yil unga sharafli keldi. Qumri Safoeva “Paxta majmuasi taraqqiyotini optimallashtirishda matematik modellar va usullar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
    1991 yildan boshlab olima Toshkent Moliya institutining Matematika kafedrasini boshqarib kelmoqda. 1992 yilda u iqtisodchi-matematik usullar bo‘yicha professorlik sharafiga erishdi.
    Qumri Safoeva 100 dan ortiq ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlar va darsliklar muallifidir. Shu jumladan uning 10 ta monografiya va monografiya bo‘limlari, 15 ta o‘quv - qo‘llanma va 30 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlari chop etilgan.
    Mana ularning ayrimlari: “Operatsiyalarni tekshirishning matematik usullari” (1-11 qismlar. O‘quv qo‘llanma), “Noaniqlikda va tavakkalchilik sharoitida iqtisodiy yechimlar qabul qilishda matematik usullar”, “Matematik programmalashdan ma’ruzalar kursi”, “Matematik programmalashtirish masalalar to‘plami” va hokazo.
    Olima O‘zbekiston Respublikasi uchun ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlashda ham katta xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Uning bevosita rahbarligida 2 ta doktorlik va 3 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
    Kumri Safoyeva o‘zining ilmiy - pedaogogik faoliyatini jamoat ishlari bilan muvaffaqiyatli qo‘shib olib bormoqda. Uning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari yuqori baholangan. Olima - pedagog Kumri Safoyeva — Xalq ta’limi a’lochisi. Unga 1991 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni berilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5